“Gurlanteks” aktsiyadorlik jamiyati

“Gurlanteks” aktsiyadorlik jamiyati — engil sanoat korxona- si. “O’zbekengilsanoat” davlat uyushma- si tarkibiga kiradi. 1997 y.da Xorazm viloyati Gurlan sh.da ishga tushirilgan. Asosan paxta matosi, erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 2500 t mato, shuningdek, 5,5 mln. dona trikotaj kiyimlari. Kor- xonaning loyihalash va qurilish ishla- ri Turkiyaning “Yazeks” korporasiyasi ishtirokida amalga oshirilgan bo’lib, Turkiya, Shveytsariya, Italiya yirik fir- malarining zamonaviy texnologiyasi va jihozlari b-n ta’minlangan. Korxona o’z mahsulotlarini eksportga chiqaradi.