G’URRA YASARLAR
G’URRA YASARLAR, yong’oqyasarlar, pindiqchilar — pardaqanotlilarta mansub kenja turkum. Uzunligi, odatda, 1-5 millimetr, shox-dumlilar qurtida parazitlik qiladigan ibaliya urug’i turlarining uzunligi 25 millimetrgacha. 1900 ga yaqin turi bor; asosan, shim. yarim sharda tarqalgan. Ko’pchilik turlari ikki qanotlilar qurtlari va pupariysida parazit, ayrimlari afidid yaydoqchilarning ikkilamchi paraziti. Ikkilamchi o’simlikxo’r turlari eman, na’matak va boshqa ra’nodoshlarda qizg’ish rangli bo’rtmalar (g’urralar) hosil qiladi (nomi shundan). G’urra ichida ularning qurtlari rivojlanadi.