Gus (Hus) Yan

Gus (Hus) Yan (1371-1415) — Chex xalqining milliy qahramoni, Chex Re- formasiyasining goyaviy rahbari. Praga (Karlova) un-tining rektori (1402-03, 1409-10 y. larda). Nemislar istib- dodi va katolik cherkoviga qarshi xalq harakatining ilhomchisi. Indulgentsiya (Rim papasi tomonidan gunohdan kechish evaziga pulga sotib olinadigan xat) b-n savdo qilishni qoralagan, ilk xristian aqidalariga qaytishni, ruhoniylar b-n dunyoviy kishilarning huquqlari ten- glashtirilishini talab qilgan. Konstan- tsa cherkov sobori hukmiga binoan o’tda kuydirilgan.