G’USL

G’USL (Arabcha — cho’milish) — pok bo’lish uchun butun badanni maxsus tartibda yuvish. G’usl jinsiy aloqa, ihtilom, hayzdan keyin farz bo’ladi. Hanafiylik mazhabida G’uslning sharti 3 ta — og’izni g’arg’ara qilish, burunni yaxshilab yuvish, badanning hamma joyini suv bilan poklash. boshqa mazhablarda og’iz-burun chayish farz emas. Islomda bir haftada 1 marta (juma kuni), 2 hayit va arafa kunlari G’usl qilish sunnat sanaladi. G’usl katta tahorat deb ham ataladi. G’usl mayitga nisbatan ham ishlatilib, bu ishni g’assol (yuvg’uchi) bajaradi. G’usl haqida Qur’onda zikr qilingan (5:6; 4:43).