Gusserl (Husserl) Edmund
Gusserl (Husserl) Edmund (1859.8.4, Prosnis, Moraviya — 1938.27.4, Freyburg, Breysgau) — nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi. Freyburg un-tida prof. (1916). Avval arifmetikani mantiqiy asoslash b-n shug’ullandi, natijada ko’plik, birlik va son tushunchalarini joriy etdi. G. falsafasining manbalari — Platon, Leybnis ta’limotlaridir. G. falsa- fani aniq fanga aylantirish, ilmiy bilimning sof mantiqini yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. G. bor- likdan ajratilgan “sof ong”ni va mu- ayyan sub’ekt (individ) ongini ajratib ko’rsatishga harakat qildi. Uning nuqtai nazaricha, bilishning predmeti, ob’ekti sub’ektning unga qaratilgan ongidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Predmet unga qaratilgan intuisiya natijasida ochiladi (va yaratiladi). Haqiqat mezoni — sub’ektning shaxsiy kechinmalari- dan iborat. G. ta’limoti ekzistentsia- lizm, falsafiy antropologiyaga ta’sir ko’rsatdi.