Guvoh

Guvoh (huqukda) — muayyan jino- iy yoki fuqarolik ishi uchun ahamiyatli holatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgan va guvohlik berish uchun sud yoxud tergov organlariga chakirilgan shaxs. G. qonunda belgilangan tartibda so’roq qilinadi. U o’z ona tilida ko’rsatuvlar berishga, tergov va sudda band bo’lgani uchun ishlab turgan joyidan o’rtacha ish haqi olishga, yo’lkira va b. chiqimlarni undirib olishga haqli. G.ning huquq va majburiyatlari O’zR JPKning tegish- li moddasida belgilangan. U ko’rgan- bilganlarini yashirmay, xolisona so’zlab berishi lozim, aks holda O’zR JK ning moddalariga binoan javobgarlikka tor- tiladi. Jismoniy yoki ruhiy kamchili- klari sababli voqealarni anglay va ifo- Dalay olmaydigan shaxslar, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchining vakil- lari hamda himoyachilari shu ish bo’yicha G. tariqasida so’roq qilinishi mumkin emas.