Gvayakol

Gvayakol (2-metoksifenol), o-S6N4(on)OSN3 — o’ziga xos hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 124,13; zich- ligi 1129 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 28,5°, qaynash t-rasi 205°. Havoda va yorug’lik ta’sirida qorayadi. Etanol, efir, xlo- roform, muz holidagi sirka kislota, ishqor eritmalarida yaxshi eriydi, 17° li suvda 1,7% eriydi; suv bug’i b-n birga haydaladi; yod va oltingugurtni erita- Di. G.ning ishqoriy tuzlari suvda yaxshi, kaltsiyli va magniyli tuzlari esa oz eriydi. G.ning spirtdagi eritmasi te- Mir (Sh)-xlorid ta’sirida havo rangga, so’ngra yashil rangga kiradi. Metillan- ganda veratol (1,2 Di-metoksibenzol), Di- metillanganda pirokatexinga aylanadi. G.ni sintetik yo’l b-n oanizidindan ham olish mumkin. G. xushbo’y moddalar, mas, vanilin, evgenol, izoevgenol, santali- Doli. ch.da, pirokatexin olishda, ba’zi shifobaxsh preparatlar, mas, ftivazid, papaverin, tiokol tayyorlashda, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladi.