Gvineya (Guinee), Gvineya Respublikasi

Gvineya (Guinee), Gvineya Respublikasi (Republique de Guinee) — G’arbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 246 ming km2. Aholisi 7,4 mln. kishi (1990-y.lar oxi- ri). Poytaxti — Konakri sh. Ma’muriy jihatdan 8 viloyat (provintsiya)ga, vilo- yatlar 35 prefekturaga bo’linadi. Davlat tuzumi. G.— respublika. Amalda- gi Konstitusiyasi 1991 y. 23 dek.da kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident (L. Konte; 1998 y. qayta say- langan). U umumiy yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Ko- nun chiqaruvchi hoki-miyatni millat Majlisi (bir palatali parlament), ij- roiya hokimiyatni prezident boshchiligi- dagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. G. hududi subekvatorial mintaqada. Qirg’oqlari parchalangan. Re- lefi, asosan, o’rtacha baland (800-1000 m) va past tog’lar, yassi platolardan (300-400 m) iborat. Eng baland joyi — Nimba tog’i, 1752 m. Okean sohili tor pasttekislik. Foydali qazilmalardan boksit, temir, olmos, oltin va b. bor. Iklimi ekvatorial-musson, issiq, yozi sernam. Eng issiq oyning (mart yoki apr.) o’rtacha t-rasi 27-30°, eng baland joyla- rida 23° gacha, eng salqin oyniki (avg.) 24-26°, balandliklarda 18° gacha. O’rtacha yillik yog’in 1200-4000 mm. Yomg’irli mavsum mamlakat shim.da 5 oy, Jan.da 7-10 oy. Daryolari ko’p va sersuv. Aso- siy daryolari: Gambiya, Bafing, Niger va Konkure. G. hududi qizil, qizil-sariq tuproqli. Eng ko’p o’simligi — savanna. Sohilda mangra o’rmonlari bor. G. da tartibsiz ovlash natijasida fil, Gippo- potam, kiyik, yovvoyi cho’chqa, qoplon, Ge- pard kabi hayvonlar kam qolgan. May- Mun, ilon, har xil qush, baliq, hasharotlar (jumladan, tsese pashsha) juda ko’p. Aholisi. G.da fulbe, malinke, susu va b. xalqlar yashaydi. Davlat tili — frantsuz tili. Aholining 89% musulmon, 1,5% xristian, qolgani mahalliy dinlarda. Shahar aholisi 25,6%. Yirik shaharlari: Konakri, Kindia. Tarixi. Hoz. hududining bir qismi Gana (taxm. 4-13-a.lar) va Mali (taxm. 13— 16 a lar) kabi o’rta asr davlatlari tarki- biga kirgan. 1725 y.da G’arbiy Afrika- ning shim.dan kirib kelgan ko’chmanchi chorvador fulbe kabilasi Futa-Jallon- da harbiy feodal davlat tuzgan. 15-a. o’rtalarida g.da dastlabki evropaliklar paydo bo’lgan. Ko’p o’tmay uning qirg’oq bo’yi erlari mustamlakachilar qo’l ostiga o’tgach, ular 19-a. gacha minglab mahalliy aholini qul qilib Amerikaga olib bo- rib sotgan. 19-a.da frantsuzlar g.ni tobe etish uchun keskin kurash olib bordi. Frantsiya bu kurashda g’alaba qozondi va 1880-90-y. larda uni bosib oldi. 1895 y. Frantsiya Gvineyasi nomi b-n alohida mustamlaka- ga aylantirildi. G. xalqi mustamlakachi- larga qarshi uzoq vaqt kurashib keldi. 19-a.ning 70-90-y.larida malinke xalqining kurashini, Futa-Jallondagi qo’zg’olonlarni (1900) frantsuzlar qiyinchilik b-n bostirdi. 1904 y.da g. Frantsiya G’arbiy Afrikasi tarkibiga qo’shib olindi. Hukumatni frantsuz gu- bernatori boshqardi. 1-jahon urushidan so’ng g.da evropaliklarning banan, ana- nas, kofe plantasiyalari paydo bo’la boshladi. Keyinchalik sanoat korxonala- ri (asosan konchilik sanoati) vujudga keldi. 2-jahon urushidan so’ng g.da mil- liy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945-46 y.larda mamlakatda siyosiy partiyalar, to’garaklar tuzildi. Afrika Demokratax birlashmasining sektsiyasi sifatida 1947 y.da tashkil topgan g. De- mokratik partiyasi mustamlakachilikka qarshi bo’lgan barcha kuchlarni birlashti- rish vazifasini o’z zimmasiga oldi. 1958 y. 2 okt. referendumiga muvofiq g. mustaqil respublika deb e’lon qilindi. 1978 y.dan 1984 y.gacha g. Xalq Revolyusi- on Respublikasi deb ataldi. 1984 y. apr. da g. Respublikasi nomini oldi. G. 1958 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 24 iyunda o’rnatgan. Milliy bayrami -2 okt.— Mustaqillik kuni (1958). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmasi. G. xalqi birlashmasi (1992 y.da tuzilgan), Birlik va taraqqiyot partiyasi (1992 y.da tuzilgan), taraqqiyot va yangilanish uchun ittifoq partiyasi (1998 y.da tuzilgan). G. mehnatkashlari kon-federasiyasi (1984 y. tuzilgan) mamlakatning yagona kasaba uyushmasi markazidir. Xujaligi. G.— kon sanoati nisbatan ri- vojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 28%, sanoat ulu- shi 27,5% (jumladan, kon sanoati ulushi 23,9%)ni tashkil etadi. Mustaqillikka erishgach, g. milliy iqtisodiyoti ancha tez o’sa boshladi. Ajnabiylarga qarashli kompaniyalar, banklar, elektr st-yalar, bir qancha korxonalar davlat ixtiyoriga o l i n D i . Qishloq xo’jaligi — g. iqtisodiyotining negizi. Mehnatga qobiliyatli aholining 74% q.x.da band. Asosiy q.x. ekinlari — kofe, banan, ananas, sholi; shuningdek oqjo’xori, makkajo’xori, tariq, maniok, batat, er yong’oq va b. ekinlar ham ekiladi. Eng muhim texnika ekini — yog’li pal- ma. Chorvachilik — q.x.da qoloq tarmoq; qoramol, qo’y va echki boqiladi, baliq ov- lanadi. Elektr energiyaning ko’pini GESlar beradi. Yiliga 521 mln. kVt- soat elektr energiya hosil qilinadi. G.da gugurt-tamaki va to’qimachilik k-tlari, g’isht, mebel, avtomobil va velosiped yig’ish, konserva, yog’, sabzavot-meva kon- servalash, yog’och tilish z-dlari bor. T. i. uz.-662 km, avtomobil yo’llari uz.— 28,4 ming km. Muhim avtomagistrali ko- nakri, Kindia, Kankan, Beyla, Nzerekore sh.lari orqali o’tadi. Yirik dengiz port- lari: Konakri, Kamsar. Mamlakat ichka- risida yuklarning kupi Milo daryosida tashiladi. G. chetga alyuminiy oksidi, kofe, banan, olmos, oltin, boksit, pal- ma yog’i, ananas, temir ruda chiqaradi. Chet- dan asbob-uskuna, q.x. mashinalari, Avto- mobil, neft mahsulotlari, metall bu- yumlar, oziq-ovqat va b. oladi. AQSh, Frantsiya, Germaniya, Ispaniya, Kamerun b-n savdo qiladi. Pul birligi — g. f r a n k i . Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy muas- sasalari. G.da aholini emlash va kambag’allarga tibbiy xizmat — bepul. Shifokorlar Konakri politexnika in- tining tibbiyot f-tida va chet ellarda tayyorlanadi. Mustaqillik e’lon qilingan paytda katta yoshli aholining 90% savodsiz, odiy o’quv yurtlari yo’q edi. 1968 y.da savodsizlikni tugatish milliy boshqarmasi tuzildi, boshlang’ich maktabda milliy tillar o’qitila boshla- Di. 7 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 y.lik majburiy boshlang’ich ta’lim joriy etildi. O’rta maktab 6 y.lik. Hunar- texnika ta’limi malakali ishchilar tay- yorlaydi. Oliy uquv yurtlari: Konakri politexnika in-ti. Kankan politexnika in-ti, Fulayya q.x. in-ti. I.-t. ishlari Konakri i.-t. va hujjatlashtirish in-ti, Kindia mikrobiologiya in-ti, Kankan sholi, Kindia meva in-tlari, okeanshu- noslik, geliofizika va tropik iqlim sharoitida konstruktiv materiallarni sinash i. t. markazida olib boriladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekur- satuvi. G.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Yiriklari: “jur-nal ofisel de gine” (“Gvineya rasmiy gaze- tasi”, frantsuz tilidagi hukumat xabar- nomasi, oyiga 2 marta chiqadi), “Xoroyya” (“Qadr-qimmat”, frantsuz tilidagi haftalik gaz., 1961 y.dan chikadi), “fo- Nike” (oylik jur., 1974 y.da asos solin- gan). G. matbuot agentligi 1960 y.da tu- zilgan. G. radioeshittirish va telekursa- tuvi xizmati hukumatga qarashli. Mil- liy telekursatuv 1977 y. maydan buyon berib boriladi. Adabiyoti. G. xalklari folklor namuna- lariga boy. Yozma adabiyotida qasida tar- zida yozilgan dostonlar keng tarqalgan. Tarixiy va diniy mavzulardagi qasidalardan ba’zilari (Muhammad Ali Tyamning “Xoja Umar hayoti”, 1935) xalq orasida mashhur. G. adabiyotida yangi poeziya qad. an’analar asosida frantsuz tilida tarkib topdi. Keyta Fodeba siyosiy mavzudagi “Afri- kada tong”, “yarim kecha” (1950) dostonla- rini xalq afsonalari asosida yaratgan. Ray otra (Mamadu Traore) mustamlaka- chilikka karshi she’rlar ezdi (“Ozodlik sari” tuplami). O’z ijodini avtobiogra- FIK qissa (“qora bola”, 1953) b-n bosh- lagan Kamara Ley “qirolning qarashi” modernistik romanini, “haykal ko’zlari” hikoyasini nashr ettirdi. “FA- ralako”, “Assiatu sentyabrda” romanla- rining muallifi E. Sisse mustaqillik uchun kurash g’oyasini ilgari surgan. A. Fanturening “tropiklar doirasi” va “Saxel qo’shinidagi kishi” romanlarida mustamlakachilikdai keyingi voqelik muammolari ko’tarilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. G. xalqlarining qad. turar joylari yumaloq shaklda qurilib (o’tovga o’xshash), tomi qamish b-n yopilgan. 2-jahon uru- shidan keyingi binolar qurilishida za- monaviy me’morlik namunalari yaqqol ko’rindi. Bu binolarda xonalarni quyoshdan saklovchi bug’ot, panjaralardan foydalanilgan. Mustaqillik yillarida Konakrida jamoat va sanoat binolari: politexnika in-ti, stadion, radiomar- kaz, bosmaxona va b. qurildi. G. hududidan odam va hayvonlarning haykalchalari, uyma bezakli va buyalgan yog’och buyumlar, odamlarning yog’och shaklla- ri (afsonaviy hayvon boshli, geometric shaklli), yog’och va suyakdan yasalib turli rangga bo’yalgan niqoblar (diniy maro- simlarda kiyilgan) topilgan. Qamishdan buyum yasash (turli rangga bo’yalgan sumka, Elpig’ich, savat va b.), geometrik hoshiyali rangdor matolar tuqish rivojlangan. G.da professional san’at rivojlanma- g a n . Teatr san’ati qad. Qishloq bayramlari- da yuzi va tanalari bo’yalgan, serhasham kiyim va niqoblardagi raqqoslar o’yini ko’pincha teatr tomoshalariga aylanib ke- tadi. 1948 y. G. shoiri K. Fodeba Parij- da “Afrika baleti” ansamblini tuzdi. Shu asosda “g. Afrika baletlari” tash- kil topdi (1958). 1964 y.da “Joliba” millim ansambli tuzildi. Har yili ba- diiy havaskorlar to’garaklarining ko’rigi o’tkaziladi. Viloyatlarda bahordan kuzgacha drama, folklor, balet, qo’shiq musobaqalari o’tkazish odat tusi- ga kirgan. Mamlakatda yiliga 2-3 film yaratila- Di. 30 ga yaqin kinoteatr bor.