Gyote (Goethe) Yoxann Volfgang
Gyote (Goethe) Yoxann Volfgang (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafak- kiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-a.ning 70-80-y. lari Germaniyada mavjud bo’lgan “bo’ron va hujum” adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda g. “GES fon Berlixingen” (1773), “Prometey” (1773) kabi dramalar va lirik she’rlar yaratdi. G. adabiy faoliyatining ilk dav- riga mansub “yosh Verterning iztirobla- ri” (1774) romani o’sha davr nemis ada- biyotida katta voqea bo’ldi. Asarda ilg’or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fo- jiasi o’z aksini topgan. 1786-88 y.larda G. Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u “Ifigeniya Tavridda” (1779— 81), “Eg- Mont” (1788), “Torkvato Tasso” (1780— 89) kabi dramalar yozadi. “She’riyat va haqiqat” avtobiografik kitobi (1811— 33), “Vilxelm Maysterning o’qish yillari” (1793-96), “Vilxelm may- sterning darbadarlik yillari” (1821— 29) romanlarida inson b-n jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi aks etgan. G. Sharq mamlakatlari tarixi, madani- yati, adabiyotini chuqur o’rganadi, Fir- Davsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi b-n tanishadi. Bu payt- da Ibn Sino, Ulug’bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tili- ga tarjima qilingan edi. G. “Mag’ribu mashriq devoni”ni (1814-19) Sharq she’riyatidan ilhomlanib yozgan. De- von “Mug’anniynoma”, “Hofiznoma”, “Ishqnoma”, “Tafriqnoma”, “Ranj- noma”, “Hikmatnoma”, “Zulayxono- ma”, “Temurnoma”, “Soqiynoma”, “Matalnoma”, “Forsiynoma”, “Xul- dnoma” kabi 12 bo’limdan iborat. De- vonda “bulbul”, “hur”, “fatvo”, “mug’anniy”, “mufti”, “tilsim”, “Mir- zo”, “darvesh” kabi so’zlarni asliyat- da qo’llaydi. G.ning “Faust” fojia- si (1768-1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar G.ning butun ijodiy faoliyati davomi- dagi izlanishlarining samarasi bo’ldi. G. falsafa, huquqshunoslik, bota- Nika, geol., geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. G. she’rlarini o’zbek tiliga tarji- ma qilish 20-a.ning yigirmanchi yil- laridan boshlangan (Cho’lpon, Oybek, Shayx-Zoda va b.). Keyinchalik G.ning “Faust” (Erkin Voxidov tarjima- si, 1972-75), “Mag’ribu mashriq de- voni” (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985-90), “yosh Verterning iztirobla- ri” (ya. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari o’zbek tilida nashr etilgan. G. ijodi haqida o’zbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. G’afurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon ugli va b.) adabiy-tanqidiy MAK- rlalar yozishgan. Germaniyaning ma’ri- fiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi g. nomi b-n ataladi. Gyote in-tining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkent- da ham faoliyat ko’rsatmoqda (1998 y.dan). As: Faust, 1— 2-kitob, T., 1972-1975; Yosh Verterning iztiroblari (roman), T., 1975; “Mag’ribu mashriq devoni”, T., 1998.