Gyotit
Gyotit (nemis shoiri I. Gyote nomi b-n atalgan) — gidroksidlar kenja sin- figa mansub mineral. Kimyoviy formu- lasi FeOOH. Suv ta’sirida gidrogyotit (limonit)ga aylanadi. Rombik singoni- yali. Turli shakldagi (ignasimon, ustun- Simon) kristallar va agregatlar holida uchraydi. Rangi to’q qo’ng’ir, qizg’ish- qo’ng’ir. Yaltiroqligi olmossimondan metallsimongacha. Qattiqligi 4,5—5,5. S. og’. 4,0—4,4. Rudali konlarning nu- rash zonasida va cho’kindi tog’jinslarida hosil bo’ladi. O’zbekistonning barcha ru- Dali konlarida uchraydi. Temir olinadi- gan ruda. RF (Jan. Ural), Ukraina (Kerch ya.o.) da konlari bor.