GYULSTRAND (GULLSTRAND) ALVAR
GYULSTRAND (GULLSTRAND) ALVAR (1862-1930) — Shvetsiya oftalmologi. Ko’z optikasi ustida tadqiqot olib borib, simmetriya tekisligiga bog’liq holda astigmatizmning uch turini aniqladi; nurning sinish va qaytarish sistemalarini “dioptriyalarda hisoblash” deb ataladigan yangi usulni ishlab chiqdi. Binokulyar, reflekssiz oftalmoskop, tirqishli lampa, lupa-ko’zoynak kabi asboblar ixtiro qildi. Nobel mukofoti laureati (1911).