Gyuygens (Geygens; Huyegens) Xristian

Gyuygens (Geygens; Huyegens) Xristian (1629.14.4 – Gaaga – 1695.8.7) niderlandiyalik fizik, mexanik, Mate- matik va astronom. London Qirollik jamiyati a’zosi (1663), Parij FA a’- zosi va uning raisi (1665 y.dan). Ley- den un-tida (1645-47) va Bred un-tida (1647-49) o’qigan. Birinchi ilmiy ishi analitik geometriyata bag’ishlangan. Birinchi bo’lib mayatnikli soatni IX- tiro qilgan (1657), uning nazariyasini yaratgan, fizik mayatnik tebranishlari qonunlarini aniqlagan, zarba nazari- yasiga asos solgan. Yorug’likning to’lqin nazariyasini rivojlantirgan (1678); yorug’likning tarqalish mexanizmini tushuntirib, uning nomi b-n ataluvchi (Gyuygens — Frenel printsipi) ni il- Gari surgan (1690); anizotropik muhitda nurning ikkiga ajralishini tushunti- rib bergan. R. Guk b-n hamkorliqda ter- mometrning doimiy nuqtalari — muz- ning erish nuqtasini va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Teleskopii tako- millashtirgan; o’z nomi b-n ataluvchi oku- lyar yasagan. Saturn halqalari va uning yo’ldoshi (Titan)ni kashf qilgan (1655). G. ehtimollar nazariyasiga oid dastlabki asarlardan birining muallifi (1657).