GZAK
GZAK, Gza, Kzak — qipchoqlar xoni (12-asr oxiri), Konchaknchng ittifoqchisi. Knyaz Igor Svyatoslavichning hujumini qaytarishda (1185) hamda Konchakning Rusga qilgan yurishida qatnashgan. Knyaz Igor ustidan g’alaba qozongandan keyin Gzak qo’shini Putivl shahri atroflarida harakat qilgan. “Igor polka jangnomasi”da eslatib o’tilgan.