Habbul-Muluk

Habbul-Muluk, Habbul-Malik (Sgo1op) — sutlamadoshlarga mansub bir uyli buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Ikkala yarim sharning tropik va subtropik o’rmonlarida, asosan, Amerikada 700 ga yaqin turi tarqalgan. Bo’yi 4-6 metrgacha (ayrim hollarda o’t), barglari ketma-ket joylashgan, tishli, egilgan, ko’proq kulrang-yashil yoki yaltiroq. Gullari yashilroq, boshoqchaga yig’ilgan, bir yoki ikki jinsli. Mevasi chanoq. Janubiy- Sharqiy Osiyoda o’sadigan, Shrilanka, Filippin va boshqa tropik mamlakatlarda ekiladigan S. I§1sht turi kichik daraxt yoki buta, urug’ida 50% gacha tibbiyotda ishlatiladigan kroton yog’i bor. Urug’i zaharli. Habbul-Mulukning S.e1i1epa va S.saksagsha turlari po’stlog’ida xushbo’y, achchiq dorivor kaskarilla moddasi mavjud. Undan liker ishlab chiqarish va tamakini Fermentatsiyalashda foydalaniladi. Ko’pgina turlarining smolali sharbati zaharli; ayrim turlarining sharbatidan lok olinadi.