Haj

Haj-Islomning besh asosiy ruknlaridan biri. Haj qurbon oyida islomda muqaddas shahar hisoblangan. Makkaga borish, u yerdagi muqaddas joylarni ziyorat qilish, turli diniy urf-odat va marosimlarni bajarish hamda qurbonlik qilishdan iborat. Amalda Madinaga borib Muhammad Payg’ambarning qabrini ziyorat qilish ham haj qilishga qo’shib bajarilgan. Haj barcha musulmonlar uchun emas, balki haj qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar uchun majburiy hisoblangan. Haj qilmoqchi bo’lgan shaxsning o’zi safarga chiqish imkoniyatidan mahrum bo’lsa, barcha xarajatlarni to’lagani holda, o’rniga boshqa kishini yuborish mumkin bo’lgan. Hajga borib kelganlarning ismiga “hoji” so’zi qo’shib aytilgan va ular musulmonlar orasida alohida obro’-e’tiborga ega bo’lgan.