Hakimov Xoji Akbarovich

Hakimov Xoji Akbarovich (1909.15.5 — Toshkent — 2001.23.11) — xirurg, gematologiya va transfuziologiya xizmati tashkilotchilaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1944). Tibbiyot fanlari nomzodi (1959). O’rta Osiyo tibbiyot institutini tugatgach (1933), shu institut xirurgiya klinikasida ordinator (1933-37), Ohangaron tuman shifoxonasi bosh vrachi (1937-38), Toshkent viloyati Sog’liqni saqlash bo’limi boshlig’i (1938-39), Sog’liqni saqlash xalq komissari o’rinbosari (1939-40), urush qatnashchisi (1941-45), 1946 yildan respublika sog’liqni saqlash vaziri muovini. O’zbekiston gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti direktori (1961 — 84), 1985 yildan ilmiy maslahatchi. Ilmiy faoliyati gematologiya va qon quyish masalalariga oid.