Halloj Husayn ibn Mansur

Halloj Husayn ibn Mansur (858— 922) — tasavvufyaati o’ta so’l oqimning yirik vakili. G’oyaviy jihatdan qarmatlarta yaqin bo’lgan. Tur, Baydo, Basra, Bag’dod sh.larida bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning ba’zi qoidalariga zid fikrlar aytgan. Islomning Alloh to’g’risidagi tavhid aqidasiga zid ravishda Xudo insonda namoyon bo’ladi, inson va umuman moddiy olam Xudoning jilolanishi, “Men haq (Xudo) man (“ana-l-haqq”), mening o’zligim — Xudoning o’zligidir, degan fikrni ilgari surgan va bu fikr bilan vahdati-vujud ta’limotiga yo’l ochgan. Halloj o’z g’oyalarini O’rta Osiyo, Hindiston, Iroq va boshqa mamlakatlarda targ’ib qilgan va muxlislar orttirgan. Shariat peshvolari Hallojni bid’atchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar.