Hamdamiy Bahrom
Hamdamiy Bahrom (1910, Toshkent — 1942, frontda halok bo’lgan) — rassom, O’zbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida A.Volkovdan ta’lim olgan (1930— 36); Moskva, Leningradda ijodiy safarda bo’lib malakasini oshirgan. Hamdamiy asarlarida kunning dolzarb voqealarini,’ xalq hayotini tasvirladi: “kolxozchilar” (1933), “kolxoz choyxonasida” (1936) Sharq muzeyida; “Avtoportret” (1939, 1941); “ish tugadi” (“Langar kanali quruvchilari”, 1939), “bobom—shoir Muztarib portreti” (1939) — O’zbekiston san’at muzeyida. Navoiy asarlari asosida “Farhod sahroda” (1940), “Farhod Xusrav asiri” (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. “O’zTAG oynasi” gshakatlarini tayyorlashda qatnashgan (1941-42). R.Ahmedov, Z. Inog’omov va boshqalarga dars bergan. Ad..Taktash R.X., Baxram Xamdami, T., 1969.