Hamidova Manzura Hamidovna
Hamidova Manzura Hamidovna (1921.19.1, Toshkent) — terapevt, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari Doktori (1965). ToshTIning davolash fakultetini tugatgach (1940), Toshkent viloyati Bo’ka tumani Kerovchi qishloq vrachlik uchastkasi mudiri (1940-42), toshti fakultet terapiya klinikasida ordinator (1942-46), O’rta Chirchiq rayon kasalxonasida bosh vrach (1946— 49), toshti fakultet terapiya kafedrasida aspirant (1949-52), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida assistent (1953-58), dotsent (1958-65), professor (1965-67), kafedra mudiri (1967— 92); 1-shahar klinik kasalxonasi ichki kasalliklar bo’limida professor-konsultant (1992-2000). Ilmiy ishlari jigar, yurak, o’pka kasalliklari, revmatizmni davolash va diagnostikasi hamda yurak-o’pka yetishmovchiligining rivojlanish mexanizmlarini o’rganish, davolash va boshqa masalalarga oid. As: Yazvennaya bolezn jeludka i 12ti Perstnoy kishki, 1984; jigar kasalliklari, T.. 1987.