HAMMABOP TEST… “YaNGILIKKA QANDAY QARAYSIZ?”

Zamonlar o’zgarmoqda, kundan- kunga texnika rivojlanmoqda. Bundan tashqari, har kuni tongda ko’chaga chiqamiz-u, qandaydir yangi buyumga ko’zimiz tushadi. Xo’sh, siz yangiliklarga qanday munosabatdasiz? Ushbu test orqali o’zingizni tekshirib oling.

1. Restoranga yoxud oshxonaga ovqatlanish uchun keldingiz-u, stol ustida yangicha ovqatga ko’zingiz tushdi. Bu ovqatning qandayligini aniqlashga urinib ko’rasizmi? A) Yo’q, boshqa ovqatga buyurtma beraman (3 ball) B) So’rab o’tirmayman (1 ball) V) Ha, bu haqda bilishim shart (2 ball)

2. Internetda yaxshi ishlaysizmi? A) Boshqalarning yordami bilan ishlayman (2 ball) B) O’zimga to’liq ishongan holda (1 ball) V) Hali Internetda ishlab ko’rmaganman (3 ball)

3. Havo shari pastlab kelayotganini ko’rsangiz, xayolingizga nimalar keladi? A) Xayriyat, falokatlarsiz qo’nib oladigan bo’ldi (2 ball) B) Men bekordan bekorga hayotimni xavf ostiga qo’ymagan bo’lardim (3 ball) V) Sharda parvoz qilish uchun kutilmagan hodisalarga tayyor turish lozim (1 ball)

4. Kiyim almashtirish sizga rohat baxsh etadimi? A) Faqat bayramlarda (2 ball) B) Yo’q, bu menga yoqmaydi (3 ball) V) Ha, tez-tez kiyim almashtiriladigan marosimlarni xush ko’raman (1 ball)

5. Do’stingiz sizga yangi sport turi bilan shug’ullanishni taklif qildi. Rozi bo’lasizmi? A) Avval bu sport turi bilan biroz shug’ullanib ko’rish kerak (2 ball) B) Yo’q, qo’limdan kelmaydi deb qo’rqaman (3 ball) V) Bajonidil rozi bo’laman (1 ball)

6. Uyni kapital ta’mirlashni siz: A) Mutaxassisga ishonib topshirasiz (1 ball) B) O’zingiz ta’mirlaysiz (3 ball) V) Yaqin do’stlaringizni taklif etasiz (2 ball)

7. Dunyoning mashhur modalar uylariga tashrif buyurib, yangi kiyimlaringizni ko’paytirishni istarmidingiz? A) Yo’q (2 ball) B) Albatta (1 ball) V) Bunday narsalar meni unchalik qiziqtirmaydi (3 ball)

NATIJALAR: 7—11 ball. Yangilikka intilmaysiz. Eskicha yashab qolishni ma’qul ko’rasiz. Unutmang, bu turishda zamondan orqada qolib jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkin.

12 —16 ball. Yangiliklarga qiziqasiz, ammo me’yoridagina munosabatdasiz.

17 —21 ball. Sinab ko’rishni yoqtiradigan odamsiz. Hech bir yangilik sizni chetlab o’tmaydi. Faqat bu narsa hayotingizni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yishidan ham qo’rqasiz.