Hamroboevit

Hamroboevit – titanning V va G’e aralashmasi bilan birgalikdagi tabiey karbidi. 1984 yilda topilgan. Arashon tog’laridagi bazaltli porfirlar va Zarafshon tizmasidagi kvarslangan granitoidlar tarkibida uchraydi. Mineral I.H. Hamroboyev sharafiga Hamroboevit deb atalgan. Uning etalonli namunasi Moskvadagi A.E.Fersman nomidagi minerallar muzeyida saqlanmoqda. Qattiqligi 9 dan ortiq. Kub singoniyada kristallanadi. Shaffof emas, metalldek yaltiraydi. Rangi to’q kulrang. Tarkibida Hamroboevit bo’lgan bazaltli porfirlar quyi Perm davriga mos bo’lgan traxiandezit-traxibaltli formatsiyaning subvulkanli jinslariga taalluqli.