Hamroyev Javlon Razzoqovich

Hamroyev Javlon Razzoqovich (1934.10.7, Namangan – 1997.18.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1989). Razzoq Hamroevning o’g’li. Teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1966). 1962-97 yillar “O’zbek-film” qoshidagi “kinoaktyor studiyasi”da aktyor. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan: shofyor (“vijdon amri bilan”), Farhod (“Farhodning jasorati”), Anvar (“26-otilmasin”), Matqovul (“Olovli yo’llar”), qaroqchi (“Alibobo va qirq qaroqchi”), arslonov (“jazirama quyosh ostida”) va boshqalar. Kuchli dramatizm, psixologik teranlik, davr qarama- qarshiliklarini ifodalashda katta iste’dod, fikr va hissiyotlar to’lqini Hamroyev ijodiga xos.