Haram

Haram (Arabсha — man qilingan hudud) — 1) musulmonlarda muqaddas deb hisoblanadigan, qon to’kish, qurol olib yurish taqiqlanadigan joy, Ka’ba atrofi; 2) musulmon mamlakatlarida hukmdor, amaldor va boylar xonadonining ayollar yashaydigan qismi; majoziy ma’noda mazkur xonadon sohibining xotin va kanizlari. Haramga xonadon sohibi va uning o’g’illaridan boshqa erkaklarning kirishi man qilingan, uni “Haram og’alari” (bichilgan qullar) qo’riqtagan. Aksariyat mamlakatlarda ko’p xotinlilikning man etilishi, xotin-qizlarning erkaklar bilan ijtimoiy huquqda tenglashtirilishi, iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti, demokratik harakatlarning o’sishi natijasida Haramlar deyarli barham topgan.