HARBIY BAZA

HARBIY BAZA — maxsus jihozlangan, strategik jihatdan qulay hudud; undagi jangovar va kundalik faoliyat uchun zarur qurol, o’q-dori, oziq-ovqat zaxiralari va boshqa moddiy vositalar bilan joylashgan qo’shinlar. Harbiy bazalar raketa, aviatsiya, harbiy dengiz va umumiy maqsaddagi bazalarga bo’linadi. Bugungi kunda ko’pgina yirik davlatlar turli mamlakatlarda o’z Harbiy bazalariga ega.