HARBIY-IQTISODIY RESURSLAR

HARBIY-IQTISODIY RESURSLAR — urushning tayyorgarligi va olib borilishi manfaatlarida qo’llaniladigan moddiy, ijtimoiy va moliyaviy resurslar; harbiy iqtisod doirasida amalga oshadi. Har bir davlat resurslari cheklangan bo’lganidan Harbiy-iqtisodiy resurslar taqsimlash ilmiy asoslangan bo’lishi shart, mumkin bo’lgan chegaradan chiqishi, tarqalishi teskari natijalarga olib kelishi mumkin (mamlakat iqtisodining butunlay kuchsizlanishi). Harbiy-iqtisodiy resurslarni samarali effektiv qo’llashda muhim vosita bu ularning taqsimlanishi bo’yicha ilmiy asoslangan qarorning mavjudligidir.