HARBIY KOMISSARLIK

HARBIY KOMISSARLIK — sho’rolar davrida harbiy safarbarlik va umumiy harbiy xizmatga chaqirish, zaxiradagi harbiylarni hisobga olish ishlari bilan shug’ullanuvchi mahalliy harbiy boshqarish organi. O’zbekiston Respublikasida Harbiy komissarlik o’rniga Mudofaa ishlari boshqarmasi (viloyat) va bo’limlari (shahar va tuman) tuzilib, uning asosiy vazifasi: harbiy safarbarlikka tayyorlash va o’tkazish, aholi va xalq xo’jaligi resurslarini hisobga olish, yoshlarni harbiy xizmatni o’tashga tayyorlash va boshqa mudofaa tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Unga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonlari rahbarlik qiladi.