HAVZA
HAVZA — 1) biron daryoga suvi oqib keladigan maydon, hudud; 2) cho’kindi foydali qazilmalar qatlamlarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk maydonlari, ular tog’jinslarining ma’lum formatsiyalari bilan bog’liq bo’ladi. Yer osti suvlari Havzalaridan Sirdaryo, Amudaryo, Toshkent artezian Havzalari mavjud.