Hazoralar
Hazoralar — Afg’oniston (1,7 million kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Eron (220 ming kishi)dagi xalq. Eron tillari guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — shia musulmonlari. Hazoralarning asosini mo’g’ul tilida so’zlashuvchi ko’chmanchilar tashkil qilgan, lekin ularning etnogenezida turkiy va eroniy ko’chmanchilar ham ishtirok etgan. Hazoralar Chingizxon davridan qolgan mo’g’ul askarlarining avlodlari bo’lsa kerak. 19-asr oxirida afg’on amiri Abdurahmon ko’chmanchi afg’onlar (Pushtunlar) yordamida Hazorajatni egallab olgan va bu yerni ularga yozgi yaylov qilib bergan. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik.