Hazorbog’
Hazorbog’ — Surxondaryo viloyatidagi kanal. To’polondaryoning o’ng sohilidan boshlanadi. 1929-38-yillarda qurilgan. Ilgarigi uzunligi 36,5 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 18 m3/s. Keyingi rekonstruktsiyalar (1953-1967) natijasida kanalning suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s gacha oshirildi; uzunligi 56 kilometrga yetkazildi. 3-kilometrda bosh gidrouzeli bor. Kanal kamsuv To’polondaryo, Sangardak, Ho’jaipok daryolarini birlashtiradi. Hazorbog’ trassasi Janubiy-g’arbiy yo’nalishda ko’p mayda ariklarni kesib o’tadi. Denov va Sho’rchi tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin ekin maydonlarini sug’oradi. Hazorbog’ Defez suv ombori (sig’imi 12,8 million metr kub)ga suv beradi.
O‘xshash so‘zlar
- Hazorbog’ haqida eshitganmisiz?
- Hazrati Bashir ota masjidi
- Hazrati Imom majmuasi, Hastimom
- Hazrati Imom maqbarasi
- Hazrati Imom mayin (MUIN) majmuasi
- HAZRATI SULTON CHO’QQISI
- HAZRATI SULTON MAQBARASI
- Hazrati Xizr masjidi











