HAZRATI SULTON CHO’QQISI
HAZRATI SULTON CHO’QQISI -Surxondaryo viloyatidagi cho’qqi, balandligi 4688 metr. Hisor tizmasi suvayirg’ich qismining janubrog’ida. Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. O’zbekistonning eng baland nuqtasi. Atrofidagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib ko’tarilgan. Yonidan oqib o’tuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar mavjud.