Hikoya nima?

Qahramon hayotida sodir bo’lgan hodisa yoki ko’ngilsizlik hamisha hikoya mazmuniga aylanadi. Bu, odatda, juda qisqa voqea bo’lib, u haqdagi hikoyago’ylik voqea o’rni tavsifini ham, bo’lib o’tayotganlarni baholashni ham, va hatto bosh qahramon tarjimai holini ham sig’dira olishi kerak. Turmushdagi istalgan vaziyat hikoya uchun asos bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsa-da, unda qahramon taqdiri ko’zga tashlanib turishi lozim. Masalan, Kuprinning “Qq laycha (pudel)” hikoyasida sayyor artistlar hayotidan bir lavha orqali o’sha davr Rossiyadagi barcha kamsitilganlarning qismati ochib beriladi. Anih bir vaziyat asosida yozuvchi o’ta jiddiy xulosalarga va teran umumlashmalarga etishadi. Hikoya mazmunning ixchamligi va to’yinganligi bilan boshqa nasriy janrlardan ajralib turadi. Hikoya syujeti odatda juda tez, barqaror, shiddatli rivojlanib boradi. Siz misol habilida Gorkiyning “Arxip bobo va lyonka” hikoyasini bir eslab ko’ring-chi. Siz har bir so’zning yukini his etmasdan turib, qahramon taqdirida nimalar kechishini imkon qadar tezroq bilan olishga oshiqasiz. Yozuvchi har doim hikoya syujetini tarkib toptiruvchi omillarni o’ta sinchkovlik bilan tanlab oladi, o’z qahramoni hayotidagi eng muhim, ahamiyatli bo’lgani haqida so’z yuritadi. Bunday voqealar yo’qmi, demak, qiziq hikoyaning o’zi ham bo’lmaydi. Hikoya ishtirokchilarining miqdori ko’p emas, atigi bir necha odam. Detal tasvirlashning asosiy badiiy unsuriga aylanadi. Bunday mahorat A. P. Chexovda kuchli bo’lgan. Mazmun nihoyatda siqiq bo’lsa-da, uning asarlari qahramonlarning butun umri tarixini bera oladi yoki ularning tabiatini ochib tashlaydi. Masalan, “Buqalamun”, “Vanka”, “Uyqu istagi” hikoyalari yuqoridagi talablarga javob beradi. Rus yozuvchilari hikoyani adib mahorati yorqin bir tarzda namoyon bo’ladigan shakl deb hisoblashgan. Shuning uchun, masalan, XX asr boshlarida hikoya asosiy badiiy shaklga aylandi.