Hiyol

Hiyol — tomatdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simlik turi. Farg’ona vodiysi, Oloy tizma tog’ining shimoliy yon bag’irlari, So’x va Shohimardon daryolari havzalarida tarqalgan. Bo’yi 50 santimetr, ildizi 200 santimetrgacha chuqurlikda joylashgan. Barglari keng, tuxumsimon, uzunligi 6-10 santimetr, eni 4-7 santimetr. Gullari to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi ko’sakcha. Aprel-may oylarida gullab, iyunda urug’laydi. 2200-2500 metr balandliqdagi archazorlarda, qoyalar tagidagi sernam joylarda, ba’zan ochiq yalangliklarda o’sadi. Zaharli. Tarkibida giossiamin, skopolamin, belladonin va tibbiyotda qo’llaniladigan alkoloidlar bor.