Hodiyev Sayfuddin
Hodiyev Sayfuddin (1950.4.8, Kitob tumani) — sportchi, sambo bo’yicha 2 karra jahon chempioni (1974, Ulan-bator; 1975, Minsk), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy (1983), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (1992). Hodiyev Samboning 48 va 52 kilogramm vazn toifalarida bir necha marta O’zbekiston chempioni (1968 — 72), shuningdek, erkin kurash bo’yicha sport ustasi (1968), O’zbekiston chempioni (1968-72), dzyudo bo’yicha sport ustasi (1973), xalqaro musobaqa g’olibi (1983, Olmaliq). Hodiyev O’zbekiston jismoniy tarbiya instituti (1972), Toshkent universitetining yuridik fakultetini (1983) tugatgan. Hodiyev Kitob tumanida sport murabbiysi (1972-73), harbiy xizmatchi (1973-80), O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasida bosh murabbiy (1980-89), Toshkent shahar advokaturasida advokat (1994 yildan).