HOKIMIYATNING IXCHAMLASHUVI

HOKIMIYATNING IXCHAMLASHUVI — hozirgi davrdagi siyosiy hokimiyat rivojlanishining muhim tendensiyasi bo’lib, bu tendensiya byurokratik boshqaruv apparatining qisqarishi va uni saqlashga ketadigan harajatlarining kamayishida ko’rinadi. Davlat xizmatchilari byurokratlar jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan egoistik manfaatlarga moyildirlar. Shuning uchun ham ularning qisqarishi hokimiyat tuzilmalarini mustahkamlashga imkon beradi.