HO’RMUZ BO’G’OZI
HO’RMUZ BO’G’OZI (qadimgi nomi harmiz bo’g’ozi) — Hind okeanining shimoliy- g’arbiy qismidagi bo’g’oz, Arabiston dengizining Fors va Ummon qo’ltiqlarini birlashtirib turadi. Uzunligi 195 kilometr, eng kambar joyining eni 54 kilometr, chuqurligi farvaterida 27,5 metr. Bandar-Abbos porti bor.