HUDAYDA

HUDAYDA — Yaman Arab Respublikasidagi shahar. Aholisi 360 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning qizil dengiz bo’yidagi muhim porti: chetga kofe, quruq mevalar, teri, paxta chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mexanika ustaxonalari, paxta tozalash, oziq-ovqat, tamaki, yog’ochsozlik korxonalari, ip gazlama fabrikasi mavjud. Me’moriy yodgorliklardan Hudaydaning eski shahar qismida bob al-Mushrif darvozasi, katta masjid saqlangan.