Hunarmandchilik va savdo
XIV-XV asrlar oxirida Samarqand savdo-sotiq ishlari olib boriladigan yirik shahar bo’lib, bu yerga Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Volga bo’yi, Rus, Sibir va Uzoq Sharqdan: Yevropaning olis mamlakatlaridan turli tilde so’zlashuvchi savdogarlar kelib turishardi.
Tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi va bepoyon dastlardagi ko’chmanchilar Samarqandga qishloq xo’jalik mahsulotlari tashib keltirardi. Samarqand atrofidagi hunarmandlar va dehqonlar o’z tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva mollarini shu yerga olib kelishardi. Sayohatchilardan biri shahar atrofining ko’lami to’g’risida XV asrning boshlarida quyidagilardan yozgan edi: “(Samarqand shahri) devori tashqarisidagi qurilish ichidagiga qaraganda ancha ko’p edi”.
XIV asrning oxiri va XV asrda Samarqand shahridagi hunarmandchilik ishlab chiqarishi shaharliklar va atrof qishloqlardagi aholining ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan edi; hunarmandchilik mahsulotlari xilma-xil turlarining bir qismi dashtlarda yashovchi ko’chmanchi aholiga sotish uchun mo’ljallab tayyorlanar edi. Bularning hammasi hunarmandchilik ishlab chiqarishini bir qadar rivojlantirishga yordam berdi. Buning natijasida ustalar soni ko’paydi, ular chiqarayotgan mahsulot turlari ortib bordi, hunarmandchilik buyumlari sifati yaxshilandi, shuningdek, ularning ma’lum buyumni ishlab chiqarish bo’yicha ixtisos kuchaydi.
XV-XVI asrlarda yashagan tarixxhilar, yozuvchilar va shoirlarning ma’lumotlari, O’rta Osiyoga kelib ketgan chet mamlakat elchilarining diplomatik yozishmalari va kundaliklarida keltirilgan faktlar, hujjat materiallari va arxeologik topilmalarr asosida o’sha davrdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishida xilma-xil tarmoqlarning bo’lanligini aniqlash mumkin.
Samarqandda xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi juda ko’p ustalar ishlar edi.
Hunarmandchilik sohasida to’qimachilik buyumlari ishlab chiqarish, metal ishlash, binokorlik va kulolchilik yetakchi o’rin egallardi. To’qimachilik ayniqsa keng rivojlangan edi.
Markazlashgan davlatning qaror topishi bilan iste’molchilar sonining ko’payishi to’qimachilikni yanada rivojlantirishga va to’qimachilik buyumlari sifatini yaxshilashga olib keldi. Temur tobutining qopqog’iga yopilgan guldor matolar, Go’ri Amir maqbarasiga dafn etilgan Ulug’bekning kiyim qoldiqlari Samarqanddagi temuriylar davriga ois Ishratxona maqbarasiga dafn etilgan bolalarining yarim chirigan kafanlari va ayniqsa Shohizinda arxitektura kompleksidan XV asrda bunyod etilgan maqbara dahmasini ochgan vaqtda aniqlangan va hozirgi vaqtda O’zbekiston SSR Davlat madaniyat muzeyida (Samarqandda) saqlanayotgan yo’l-yo’l shoyi to’n (bu gazlama mahalliy ishlab chiqarishga oid ekanligi aniqlangan emas) XIV asr oxiri va XV asrda gazmollar yuqori sifatli bo’lganligidan hamda ularni pardozlash usullari texnikaviy va badiiy jihatdan yuksak darajada turganligidan, shuningdek, hunarmandlarning ko’p yillik tajriba va boy xalq an’analariga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
To’qimachilik ishlab chiqarish mahsulotlari, hunarmandchilik boshqa buyumlariga ko’ra, katta bozorga ko’proq yetkazib berilardi. Bu bozor mahalliy iste’molchilarni ham, qo’shni qishloqlar aholisini ham, dashtlarda yashaydigan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchilarni ham o’z ichiga olar edi. O’rta Osiyoda to’qilgan anchagina gazmollar olis mamlakatlarining aholisiga ham yetkazib berilardi. Shunday qilib, Smarqandning gazmol ishlab chiqaruvchi hunarmandlari mahalliy bozorlardan tashqari ancha uzoqdagi joylar bilan ham savdo aloqalari o’rnatgan edi. Bu esa keyinchalik XVI asrda bo’lgani singari, bu davrlarda ham to’qimachilik ishla chiqarishi ko’p darajada tovar xarakteriga ega bo’lganini ko’rsatadi.
XV-XVI asrlarda yozma hujjatlarda va narrativ manbalarda Samarqandda ishlab chiqarilgan ip gazlama va shoyi gazlamalardan ancha-munchalarining nomlari uchraydi, jun gazlamalarning nomlari esa juda kam uchraydi. Masalan, Samarqandda turli xil gazlamalar: olacha, parcha, duxoba va boshqalarni ishlab chiqaradigan hunarmandlar bo’lgan. Shuningdek, gazlamaga gul bosuvchi ustalar ham bo’lgan.
O’lkada yetishtiriladigan paxtadan tayyorlangan ip gazlamaga aholining talabi ayniqsa katta bo’lgan. Turli navdagi karbas (o’zbek tilida va boshqa turkiy tillarda bo’z deb atalgan) gazmollar (oq vaa bo’yalmagan sariq rangli dag’al va nafis gazlama) keng tarqalgan bo’lib, ular XIX asrning oxirigcha to’qib chiqarilgan. XV-XVI asrlarda bu gazmol ko’chmanchilarga ham yetkazib berilgan. Fazlulloh ibn Ro’zbexon o’zining “Mehmonnomai Buxoro” degan asarida bu haqda: karbas gazmollarga bo’lgan ehtiyojning g’oyat o’sganligi tufayli (o’zbek xonlari va qozoq sultonlari o’rtasidagi munosabatlar jiddiy keskinlashgan davrda) Dashti Qipchoq xonlari o’zbek xoni Muhammad Shayboniy hukmronlik qilayotgan Movarounnahrga bostirib kirishga qaror qilganligini bildirganlar, – deb yozadi.
Katan deb atalgan gazmol ancha pishiq bo’lgan. Undan qimmatbaho choponlar (jomai katani) tikishgan, ba’zan bu choponlarni zarbof qilib va qimmatbaho toshlar bilan bezashgan. Katanni mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargani to’g’risida bizda hozircha ma’lumotlar yo’q. Samarqanddagi madrasalardan biriga berilgan sovg’alar orasida Misr katanidan qilingan qabr ustiga yopiladigan mato borligi tilga olinadi.
Alisher Navoiyning so’zlariga qaraganda, bo’z (karbas) Katanga qaraganda ancha arzon turgan.
Samarqandda to’qilgan olacha gazmol ham aholi o’rtasida keng tarqalgan. Samarqand olachasi boshqa shaharlarga olib borib sotilgani to’g’risida ancha keyingi davrlarga oid ma’lumotlar bor. XV-XVI asrlarga oid manbalarda bu gazmolning boshqa navi, ya’ni “Buxoro olachasi” tilga olinadi. Bu olachaning Samarqandda to’qilgan olachadan farqi bo’lgan bo’lishi kerak, shuning uchun ham uni “Buxoro olachasi” deb atashgan.
XV asrning tarixiy hujjatlarida futa (faqa) ip gazlamasi to’g’risida ham bi necha bor eslatib o’tiladi. Bu gazmol asosan salla uchun ishlatilgan. Bundan tahqari, undan belbog’ ham qilingan, usta bo’lishga ahd qilganlarning beliga shuni bog’latishgan; mashhur tarixchi va adib Zayniddin Bosifiy XV asrning oxiriga oid voqealar to’g’risida hikoya qilib, odatda kamtarona kiyingan Abdurahmon Jomiy futadan qilingan bebog’ bilan belini bog’lab yurganini aytadi. (Biroq shoirning biografi Abdulvose Jome o’zining odatdagi xarajatlariga har yili 100 ming kebak dinor sarflaganligini yozadi). Shu bilan birga futa XV asr oxirida aslzoda yoshlar kiyimining bir qismi sifatida ham eslatib o’tiladi. O’sha davrda zardan tikilgan futa Xirotda 50 tanga turgan. Futa nomi ancha keyingi davrlarda Rossiyada ham uchraydi. Filipp Yefremov XVIII asrning 70-yillarida o’zining to’qqiz yillik sayohati to’g’risidagi xotiralarida quyidagilarni yozgan: “O’rta Osiyoda juda ko’p paxta yetishtiriladi… undan ip yigiriladi, ipdan chodir, surp to’qishadi, bizda (Rossiyada) esa bundan xom chit, gulli satin, doka, futa, burmet va boshqa matolar tayyorlanadi va bu narsalar chet ellarga ham yuboriladi”.
Paxtadan to’qilgan va har xil gular bosilgan matolardan biri chit deb atalgan. XVI asrga oid qozilik hujjatlarda samarqandlik chitgarlarning nomlari tilga olinadi va Samarqand bozorlarida bo’ladigan chitning turli navlari sanab o’tiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, shaharda chitga gul bosubchi mutaxassislar ko’p bo’’lgan.
Kiyimlarning astariga malla, bo’z, falga, vala kabi gazmollar ishlatilgan.
Mahalliy va chetdan keltirilgan xom ashyodan shoyi to’qish keng tarqalgan edi. Chetdan keltirilgan xom ashyo ipak mahalliy ipak bilan bir qatorda turli nav shoyi gazmollar tayyorlash uchun ishlatilardi. Manbalarda atlas, kimxob, haro, misri, banoras va boshqa nomdagi shoyi va chala shoyi gazmollarning nomlari uchraydi. Pillakashlar ham eslatib o’tiladi.
Temur imperiyasining poytaxtida uch oyga yaqin yashagan Ryui Ganzales de Klavixoning qayd qilib o’tishicha, Samaarqandning boyliklari “öziq-ovqatdangina iborat meas, balki u yerda shoyi gamollar – atlas, kimxob, sandal, tafta va tersenal ham ko’plab ishlab chiqariladi”. Shuni ham aytish kerakki, shoyi gazmollar zeb-ziynat buyumlari bo’lib, uni feodallar va shahardagi boy kishilargina ishlatar edi.
Yevropalik boshqa sayyohning ma’lumotlariga ko’ra, atlas va kimxob O’rta Osiyoga Xitoydan keltirilgan.
Biroq Klavixoning yuqorida zikr etilgan so’zlari singari Xofizi Abro’ asarida keltirilgan ma’lumotlarga asosan, O’rta Osiyo territoriyasida ham kimxob to’qib chiqarilgan. Xofizi Abro’ Temur tomonidan o’tkazilgan tantanalrda Hirotning hunarmandlari va savdo ahli ham qatnashganligini, ular turgan dastgohlarni ko’rsatganligini tasvirlab, bunday deb yozadi: “Kimxob to’quvchilar ko’chma to’qish dastgohini namoyish qilib, shu yerning o’zidayoq to’qishar edi”.
Ana shularning hammasi Samarqandda ham kimxob to’qib chiqarilganligidan dalolat beradi. Kimxobdan tayyorlangan to’nlar odatda Temur saroyiga kelgan elchilarga sovg’a qilinardi. Xitoydan mahalliy bozorlarga keltirilgan kimxobdan farqli o’laroq O’rta Osiyoda kimxobning alohida navi to’qilgan bo’lsa kerak. Masalan, Rossiyada kimxobning boshqa mamlakatlardan keltirilgan zarvof, xitoyi va boshqa navlari ma’lum edi.
Shayboniyxon lashkarlari Hisorda qo’lga tushirgan harbiy o’ljalar orasidagi ajoyib gulli shoyi gazmol diba (diboj) deb ataladi.
XV-XVII asrlarda Samarqandda duxobaning alohida navi ishlab chiqarilgan. “Samarqand yana bir matoi qirmizi mahmaldirkim, – deb yozgan edi o’z asarida Zahiriddin Bobir, – atrof va javonibqa eltarlar”.
Duxoba ishlab chiqarish o’sha davr uchun texnika jihatidan ancha murakkab ish edi. Bu esa Samarqandda to’qish san’atining yuksak darajada bo’lganligidan dalolat beradi.
Yozma manbalarda gilamlardan har xil gulli va turli kattalikdagi qalin gilam, zilucha, shuningdek, devorga osib qo’yiladigan gazlama gilamlar tila olinadi. Klavixo o’zining kundaliklarida Samarqandda o’z ko’zi bilan ko’rgan, asosan, qizil gilamlar to’g’risida bir necha bor gapirib o’tadi. Tarixchi Ibn Arabshoh Temur maqbarasining poliga yozib qo’yilgan shoyi va baxmal gilamlar to’g’risida eslatib o’tadi.
Mamlakatdagi ko’pchilik aholi ro’zg’orida namat ishlatilib, uni ishlab chiqarish hunarmandchilik sohasida katta o’rin egallagan. Shahar dushmanlardan mudofaa qilishgan vaqtda kamon o’qlarini tutib qolishi uchun qal’a devorlariga namat osib qo’yishgan. Bosh kiyimlar tayyorlashda ham namat ishlatilgan. Chunonchi, janglardan birida Zahiriddin Bobir boshiga namat qoplangan shishak kiygan edi. Dushman uning boshiga urib, og’ir yarador qiladi, ammo Bobirning yozishicha, “shishaning birorta ipi ham uzilmagan”. O’zbek qo’shinlarining XV-XVI asrlardagi harbiy harakatlarini tasvirlab, o’sha voqealarning guvohi bo’lgan kishilar shunday hikoya qiladilarki, qalqon va sovutlari bo’lmagan lashkarlar namat vositasida himoyalanib jangga kirganlar.
Qimmatli qurol-yarog’ buyumi bo’lgan sovut faqat boy oilaga mansub lashkarlarda bo’lar edi. Ayni vaqtda feodal aslzodalarning qurol-yarog’larni taqib olishardi. Masalan, o’zbek tilida yozilgan umumiy tarixning muallifi Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning yozishicha Safaviylarning harbiy boshlig’i Dono Muhammadning qurol-yarog’i, kiyim-boshi va otining egari oltindan bo’lgan.
XV asrda metal buyumlar yasash yuqori darajaga ko’tarilgan edi. Bu sohada muayyan buyumni yasashga ixtisoslashish ko’zga tashlanadi. Temirchilar (chilangaron, ohangaron) metal buyum yasovchilarning ko’p sonli gruppsini tashkil etib, ketmon, belkurak, tesha, eshik zanjirlari va halqalari, boshqa kasbdagi hunarmandlar uchun xilma-xil qurollar – toshga (marmarga, nefritga), tayanchga, yog’ochga naqsh soladigan asboblar hamda aholining uy-ro’zg’or buyumlari va mehnat qurollariga bo’lgan talablarini ma’lum darajada qondiradigan boshqa buyumlar shularning qo’llar bilan tayyorlanar edi. XV asrdagi Samarqand shahrining olti darvozasidan biri bo’lgan Ohain darvozasi o’yma naqsh solinib temirdan yoki cho’yandan qilinganligi ma’lum.
Metall buyumlarni yasaydigan turli ustalar – mixchilar (mex chegaron), taqachilar (na’lbandon), sim cho’zuvchila (simkashon), pichoqlar (kardagaron) bo’lgan. Ba’zi pichoq dastalari qimmatbaho toshlar bilan bezatilardi. Ishratxona maqbarasidagi buyumlar orasida dastasi suyakdan va g’ilofi kimxobdan qilingan pichoq bo’lganligi eslatib o’tiladi.
Rangli metallarni ishlash metalsozlik sanoatining muhim tarmog’i edi. Bu yerda mis buyumlar yasash katta o’rin egallardi. Misdan uy-ro’zg’or buyumlari va boshqa buyumlar tayyorlanar edi.
Oddiy mis idish-tovoqlarning paydo bo’lganligi, uning shahar aholisi keng tabaqalarining turmushiga kirib borganligidan dalolat beradi. So’nggi yillarda Sherdor madrasasidan sharqroqda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida XIV asrning oxiri va XV asrga oid metalldan yasalgan kichi qo’ra topildi. Qo’ra ustida bronzadan tayyorlangan bir qancha badiiy buyumlar bor edi.
Metalldan yasalgan buyum turlarining xilma-xilligi to’g’risida Samarqnaddagi Ishratxona maqbarasining 1464 yilda Amir Suhrobning qizi Habiba Sulton nomidan tuzilgan vaqf hujjati bo’yicha ham fikr yuritish mukin. Maqbaraga hadya etilgan buyumlar ro’yxatida turli qozonlar, ko’zalar, mis langard, bronzadan yasalgan xulancha, oltin suvi yuritilgan oblastda, kumush bo’yinli mashraba, tilla suvi yuritilgan mis jomlar, shuningdek temir, broza, kumushdan o’yib ishlangan xilma-xil yog’ chiroqlar, shamdonlar, misdan ishlangan va tilla suvi yuritilgan qandillar tilga olinadi.
Ishratxona madrasasiga hadya qilingan uy-ro’zg’or buyumlari orasida temir oyoqli mis manqal eslatib o’tiladi. Bu manqalda toshko’mir cho’g’ida ovqat pishirilgan bo’lsa kerak.
Davlar Ermitaji madaniyat va san’at tarixi bo’yicha yodgorliklar kolleksiyasi orasida bronzadan qilingan katta qozon va ikkita shamdon bor. Ular shaxsna Temurning buyurtmasi bo’yicha mohirona tayyorlangan. Shamdonda Temurning nomi hamda usta Izzaddin ibn Tojiddin Isfaxoniy nomi (1397 yil) o’yib yozilgan. Tarixchi ibn Arabshoh Temur maqbarasiga o’rnatilgan oltin va kumush qandillar haqida eslatib o’tadi. Shuni aytish kerakki, Temur tomonidan keltirilgan ustalar o’z texnikasini mexanik tarzda qo’llab qolmasdan, o’rta osiyolik ustalar mahoratidan ham foydalangan.
Metalldan tayyorlangan xilma-xil buyumlarning ro’yxati, shuningdek, muzeylarda saqlanayotgan narsalarning namunalari temir buyumlar yasash texnikasining ancha rivojlanganligidan, rangli metallurgiya hunarmandchiligi ishlab chiqarish darajasining o’sganligidan, cho’kichlar, quyish, metallga naqsh solish bilan shug’ullangan xalq ustalarinig og’ir mehnatidan dalolat beradi.
Samarqandlik mata buyum yasovchilar va ayniqsa, zargarlar orasida metallni badiiy ishlaydigan oltin, kumush va bronza qotishmalaridan quymalar ustalar bor edi. Temur davrida qurilgan Bibixonim masjidining eshiklari yetti xil metal qotishmasidan qilingan edi.
Qimmatbaho metal (oltin va kumush) buyumlar yasash Samarqand hunarmandchilik ishlab chiqarishida katta o’rin egalladi. Bu hunarning rivojlanishiga asosiy sabablardan biri shuki, Temur davlatining poytaxtida mahalliy feodal zodagonlarining vac het ellardan kelgan boy savdogarlarning katta qismi to’plangan edi. Ular orasida xalq hunarmandlari tomonidan tayyorlangan qimmatbaho buyumlarga talab juda katta edi.
Temur va Temuriylarning saroylarida oltin va kumush suvi yuritilgan, qimmatbaho tosh va marvaridlar qadalgan idishlar bo’lgan. Ayrim tarixchilar va elchilar ko’rishga muyassar bo’lgan bu qimmatbaho idishlar zamondoshlarining asarlarida ba’zan eslatib o’tilgan. Ko’zalar, kosalar va patnislarga juda nozik va xilma-xil naqshlar ishlanar, jimjimador yozuvlar bitilar, nur sochib turuvchi qimmatbaho toshlardan bezak qilinardi. Bu kabi badiiy naqshinkorlik bilan ishlangan metall buyumlar boylik hashamlari bo’lib hisoblanardi va faqat boy tabaqalargagina mansub edi. Bunday qimmatbaho jihozlarni tayyorlovchi ustalar feodal zodagonlariga xizmat qilishar, ular bilan yaqindan aloqada bo’lardi.
Iste’molchilarning katta qismi mis va bronzadan tayyorlangan xilma-xil jihozlarni va kumushdan tayyorlangan, ammo unchalik qimmat bo’lmagan buyumlarni ko’proq sotib olardi. Bunday keng iste’mol buyumlarini ham mohir zargarlar tayyorlardi. Yuksak malakali ustalar tayyorlagan bilaguzuklar, ziraklar va uzuklar o’rta tabaqadagi xotin-qizlarning bezak buyumlari hisoblanardi.
Badiiy o’ymakorlik san’ati alohida tayyorgarligi va bilimi bo’lgan ustalarning istisoslashib borishini talab qilardi. Muhr tayyorlaydigan mutaxassislar ham bilimli bo’lishi kerak edi. XVI asrda yashagan samarqandlik hunarmandlar orasida muhr tayyorlagan ustalar – muhrkorlar ham bo’lganligi eslatib o’tiladi. Davlat Ermitajida Temuriylar va boshqa rasmiy shaxslarning nomlari yozilgan nefrit, xrizolit, serdolik va agatdan tayyorlangan muhrlar saqlanib kelmoqda.
XV asrda Samarqandda zarbxona bo’lib, bu yerda tanga zarb etuvchi ustalar ishlashardi.
Temur davrida keng avj olib ketgan va uning ba’zi vorislari hukmronlik qilgan qurol-yarog’ shafqatsiz davom etgan bosqinchilik urushlari qurol-yarog’ yasashni ancha rivojlantirdi. Samarqand davlatining poytaxti sifatida qurol-yarog’ markaz bo’lib qoladi. Amir Temurning maxsus ustaxonalarida turli qurol-yarog’lar: hujum va mudofaa qurollari – dubulg’alar (ularning ba’zi birlarida po’lat to’rlar bo’lardi), sovutlar, o’q yoylar tayyorlanardi, qilich va o’q yoy jangchilarning asosiy hujum quroli bo’lib qolaverdi. Feodal hokimlar va zodagonlar uchun mo’ljallangan harbiy qurollar qimmatbaho toshlar va o’yma naqshlar bilan chiroyli qilib bezatilar edi.
Temur Muhammad Sulton xonaqosiga (madrasasiga) dafn etilganidan so’ng (keyinchalik uning xoki Go’ri Amirga ko’chirildi), tarixchi ibn Arabshohning yozishicha, maqbaraning devorlariga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimboshlari, qurol-yarog’lari va anjomlari osib qo’yilgan. Podshoning bu kabi qimmatbaho bezaklari mamlakat aholisi uchun naqadar qimmatbaho bezaklari mamlakat aholisi uchun naqadar qimmatga tushganligini ana shu tarixchi keltirgan ma’lumotlardan yaqqol ko’rish mumkin: shu buyumlardan eng kichigining bahosi butun boshli bir viloyat solig’iga teng edi.
Ba’zi bir boshqa ixtisosdagi hunarmandlar singari qurolsozlar ham ayrim mahallalarda yashagan bo’lsa kerak. Masalan, sovutsozlar mahallasi bo’lganligi bizga ma’lum.
Kulolchilik ishi hunarmandchilik ishlab chiqarishining eng rivojlangan va muhim tarmoqlaridan biri edi. Kulollar yasagan buyumlar (O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi, Tarix va arxeologiya institutida qora va yashil bo’yoqlar bilan gul solib naqshlangan va XV asrga oid tovoqlarning bo’laklari bor), ayniqsa, arzon sopol idishlar, loydan yasalgan yog’chiroq va o’yinchoqlar mamlakat aholisining keng tabaqalariga g’oyat manzur edi. Bu esa kulolchilik ishini muttasil rivojlantirishga rag’batlantirar edi. G.A.Pugachenkovaning fikricha, XV-XVI asrlardagi Samarqandning butun kulolchiligi singari XV asrning birinchi yarmida ishlangan sopol tovoqlar ham o’zining silliq oq foni bilan “Temuriylar Samarqandni zeb-ziynat keramikasi” naqsh kompozitsiyasining aktiv elementini tashkil etar edi.
Kulollar xilma-xil turdagi idish-tovoqlar ishlab chiqarishdan tashqari, binokorlik materiallari, qoplama plitalar, koshinlar, pollarga yotqiziladigan plitalar, quvurlar va chig’iriq uchun ko’zachalar, shuningdek, tandirlar (tandirlar vaqf hujjatlaridan biridan eslatib o’tiladi) va boshqa ro’zg’orbop buyumlar tayyorlanar edi.
Juda ko’p binolar, asosan, toshdan monumental binolar – timlar, saroylar, madrasalar, masjidlar, karvon saroylar, ko’prik va suv omborlari qurilishi munoabati bilan ushbu davrda binokorlik va pardozlar ishlari uchun keramik ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etdi. Bu binolarning ma’lum qismi zabt etilgan xalqlarni talash yo’li bilan olingan mablag’ hisobiga qurilgan edi.
Bu davrda Samarqandning istehkomli qismidagi uzunligi 7 km keladigan devorlari qayta qurildi, devorlarning ba’zi joylari pishiq g’isht bilan qoplanadi, Ulug’bek hukmronlik qilgan davrda esa rasadxona qurildi. Bunda ham xilma-xil keramika materiallaridan foydalanildi. Ana shu davrda Samarqandda keng avj olib ketgan qurilish ishlari tufayli binokorlar roli oshib ketgan edi. O’sha vaqtda binokorlar orasida me’morlar, muxandislar, g’isht teruvchilar, suvoqchilar, ganchga naqsh soluvchilar, naqsh san’atinigina emas, balki badiiy gul solishni ham biluvchilar, tosh yo’nuvchilar (sangtraroshi) va duradgorlar (najjroron) bor edi. Binokor ustalar kasblariga ko’ra “banna” va “ustod” deb atalardi. XV asrda binokor ishchilarning qattiq ekspluatatsiya qilinganligi ko’pgina yozma manbalarda qayd qilib o’tiladi.
Toshga sayqal berish san’ati kamolotga yetadi. Bizning davrimizgacha saqlanib kelgan Temurning nefrit bilan sayqallangan qabr toshi, Temuriylar zamonasidagi sag’analarning qabr toshlari, Ko’ksaroydagi taxt ostiga qo’yilgan zamin – Ko’ktosh. Bibixonim Jome masjidida Qur’onni qo’yish uchun o’rnatilgan tosh kursi, Samarqandning XV asrdagi binosi peshtoqini aks ettirgan va o’zbek xoni Muhammad Shayboniyning o’limi munosabati XVI asrda o’sha peshtoqqa o’yib yozilgan marsiyalar va ko’pgina boshqa yodgorliklar xalq ijodkorlarining yuksak badiiy buyumlari namunalari bo’lib, bularda tosh yunuvchilarning mehnati ko’pincha xattotning zo’r mahorati bilan qo’shilib ketgan.
Samarqand’lik o’ymakorlar O’rta Osiyodagi boshqa shahar hokimlarining buyurtmasini ham bajarganlar. Vosifiyning aytishicha, Toshkent hokimi Sulton Muhammad samarqandlik tosh yo’nuvchilarga Suyunchxonning maqbarasi uchun marsiya va tarix yozib berishni topshirgan.
Samarqandning ba’zi bir ko’chalari va mahallalari o’sha mahalla aholisining bir qismi shug’ullangan hunar nomi bilan atalgan. XV-XVI asrlarda shaharda tosh yo’nuvchilar – Sangtaroshon masjid ko’chasi bo’lgan.
XV-XVI asrning yozma manbalarida turli shakldagi shisha idishlar: ko’zachalar, qadahlar, dori solinasigan idshlar, pardoz ashyolari va boshqa ro’zg’or buyumlari bo’lganligi aytib o’tiladi. Monumental binolar va badavlat shaharliklarning uylarini qurishda rangli oynalardan foydanalnilgan. Ishratxona maqbarasi deraza panjaralariga havorang, gunafsha, sariq, yashil va qizil rangli oynalardan ko’z solingan. M.Ye.Massonning olib borgan arxeologik ishlari natijasida shu narsa aniqlandiki, Go’ri Amir maqbarasida va Ulug’bekning shahar chekkasidagi saroyida ham maxsus tayyorlangan rangli oynalardan foydalanilgan (SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya institutida (Moskva) XIV-XV asrning ikkinchi yarmiga oid O’rta Osiyo deraza oynasi bor).
Vosifit Samarqandning ko’pgina ma’rifatli kishilarini sanab o’tar ekan, shishasoz Mavlono Muhammadning nomini ham tilga oladi. U Shayboniylar avlodidan bo’lgan Fo’lat Sultonga shishadan tayyorlangan bir necha ajoyib buyumlarni sovg’a qilmoqchi bo’lgan. Samarqand territoriyasida shishasozlar mahallasi bo’lganligi ta’kidlab o’tiladi.
Yog’ochsozlar xilma-xil yog’och buyumlar – to’qish dastgohlari, egarlar, ikki g’ildirakli aravalar, sandiqlar (ulardan ba’zilarining usti charm bilan yoki temir bilan qoplangan), qush qafaslari, taroqlar, hassalar tayyorlashgan. Ishratxona maqbarasiga hadya etilgan narsalar orasida yog’ochdan qilinib, tilla suvi yuritilgan naqshli hassa ham bor edi.
Eng yaxshi ustalar yog’och o’ymakorligi bilan shug’ullanishgan, badiiy naqshlar solingan eshiklar, panjaralar, ustunlar, toqi rovoqlar tayyorlashgan. Go’ri Amirdagi naqsh solib, mohirlik bilan o’yib ishlangan eshiklar (hozir bu eshiklarning naqshlari yo’qolib ketgan) xalq ustalari tomonidan yog’ochni badiiy ishlashning eng yaxshi namunalari hisoblanadi.
O’yib ishlangan yog’och bilan binolarning ichki devorlari bezatilar edi. Zahiriddin Bobirning so’zlariga qaraganda, Samarqandning bozor maydonida joylashgan (keyinchalik Registon nomi bilan mashhur bo’lgan) Masjidi Muqatta’ning devorlari va shiplari naqsh solingan ayrim yog’och bo’laklari bilan bezatilgan edi.
Qog’oz ishlab chiqarish Samarqand hunarmandchiligida alohida o’rin tutgan. Samarqand tevarak-atrofida qog’’oz ishlab chiqariladigan maxsus ustaxonalar bo’lgan. Bular asosan, bir joyda – Siyob sohillarida markazlashgan edi. Vaqf hujjatlaridan birida saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko’ra, Shayboniylar xonadonining vakilasi Mehri Sultonxonim bergan maxsus dastgohda qog’oz sayqallangan. Samarqand qog’ozidan uning o’zidangina emas, balki boshqa madaniy markazlarda ham keng foydalanilar va unga talab katta edi.
Teri oshlash va ishlash kasblari bi necha mayda tarmoqlarga bo’lingan edi. XV-XVI asrlarda samarqandlik ko’nchilar orasida maxsi (maxsiduzon) va kalish (kafshduzon) tikadigan ustalar, etikdo’zlar (muzaduzon), egarchialr (sarrojon), yugan tayyorlaydigan ustalar (lajomduzon) bo’lgan. Charm kamzullar tikadigan ustalar ham bo’lgan bo’lishi kerak. Zamondoshlardan birining tasvirlashicha, Amir Temur nabirasi Pirmuhammad Samarqand chekkasidagi bog’da o’tkazgan ziyofatda o’z mahoratini ko’rsatgan polvonlar yengsiz charm kamzullar kiyib yurgan. Doimiy bo’lib turadigan feodal urushlari sharoitida kamon o’qi uchun charmdan tayyorlangan o’qdonlarga va kamon uchun charm g’iloflarga talab juda ham katta edi. Eski poyabzallarni tuzatib beradigan yamoqchi ustalar etikdo’zlar orasida alohida gruppani tashkil etardi. Boylar ularni “past” kasb egalari deb hisoblardi.
Bo’yra to’qish Samarqand mehnatkash aholisi bir qismi uchun yashasha manbai edi. Qamishdan to’qilgan bo’yralar xalq turmushida keng qo’llanar va qurilish ishida zarur edi.
XV asrda yashagan tarixchilar bo’yra to’qish ustalarining yuksak san’atini qayd qilib o’tishgan. Temurning Hindistonga qilgan yurishidan qaytib kelishi munosabati bilan o’tkazilgan tantanalarda samarqandlik ustalar “ajoyib bo’yralar” to’qishda o’z mahoratlarini ko’rsatganlar. Ibn Arabshohning yozishicha, mohir ustalar qamishdan kamon va qilich bilan qurollangan otliq askar haykalini yasaganlar.
Daraxt chiviqlaridan turli-tuman savatlar to’qilgan. Miniatryuralarg qrab fikr yuritsaak, bu savatlardan binokorlik materiallarini tashish uchun, shuningdek, uzum solish (savatlarning hajmi to’g’risida Vosifiyning bergan ma’lumotlariga qarab xulosa chiqarish mumkin. Uning ma’lumotlariga ko’ra, shunday savatlardan biridagi uzumning tagiga bir kishi yashirinib olgan), non solish uchun va boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Samarqandda savat to’quvchilarning bozori bo’lgan.
Bir toifa kishilar kitob muqovalash bilan shug’ullanishgan. XV-XVI asrlarda jamiyatning oqsuyak tabaqalari uchungina emas, balki boy savdogarlar va aholining hunarmand qismi uchun mo’ljallangan ko’plab tarixiy va adabiy asarlar paydo bo’la boshlagan edi. Shu munosabat bilan o’sha davrda adabiy asarlarning muqovasini badiiy jihatdan bezatish, jumladan, muqovalash, san’ati yanada rivoj topadi.
Kitoblarning bi qismi charm muqova bilan jildlanardi. Muqovalar kartondan ham qilinar edi, ularning yuz tomoni silliq qilib ishlanardi. Kitoblarning muqovsiga tilla yoki bo’yoq bilan naqsh solinardi. Nodir kitoblar charm va qimmatbaho matodan qilingan g’iloflarda saqlanar edi. Chunonchi, Ishratxona maqbarasiga topshirilgan buyumlar orasida charm muqovali qur’on ham bor edi. Bu qur’on charm g’ilofga solinib, baxmalga o’rab qo’yilgan. Vosifiy o’z asarlarida qog’oz saqlash uchun mo’ljallangan charmdan ishlanib naqsh solingan g’ilof bo’lganini eslatib o’tadi.
Muqovasozlarning ustaxonalari bozorlarda joylashgan edi. Masalan, Samarqanddagi Attaron bozorida muqovasoz Mullazodaning do’koni bo’lgan. Xonlar va amirlarning kutubxonalarida maxsus muqovachilar ishlagan. Ularning ba’zilari xon saroyiga bo’ysundirilgan shaharlardan olib kelingan edi.
To’n, bosh kiyimlar, po’stin tikish kasbi ham rivojlana bordi. Po’stindo’zlar po’stinlarni, asosan, dashtli rayonlarda yashovchi aholiga sotish uchun tayyorlaydilar, qolaversa, yilning sovuq vaqtlarida ayrim tog’li rayonlarning mahalliy aholisi ham po’stin kiyishni yaxshi ko’rardi. Zahiriddin Bobir sovuq qattiq bo’lgan katta paytda unga eski mo’yna po’stin topib keltirishgani haqida yozadi. Zayniddin Vosifiy esa mo’yna po’stinlar haqida gapiradi. U ana shu po’stinlarni Samarqandda bo’lganida qor yog’ib, haddan tashqari sovuq bo’lgan paytda kambag’al talabalarga bergan ekan.
XV asrning boshlarida Samarqandda Tim Telpakfurushon (bosh kiyimlar rastasi) qurildi. Bu yerda bosh kiyim tikadigan ustalarning ustaxonalari va savdo do’konchalari joylashgan edi (keyinchalik o’sha asrdayoq bu joy tekislanib, boshqa joyda yangi rasta qurildi).
Zardo’zlar zardan qimmatbaho kiyimlar va ularning ayrim bo’laklarini tikishardi. Bunday buyumlar sultonlar, ularning oilalari va feodal zodagonlar uchun mo’ljallanar edi. Temur saroyida turgan Klavixo saroydagi amaldorlarning zar bilan tikilgan, “juda chiroyli qilib” marvarid, qizil yoqut va boshqa qimmatli toshlar qadalgan ajoyib to’nlar kiyganligini qad etadi. Shu davrdagi ko’pgina miniatyuralarda amaldorlarning zarbof to’n kiyganligi ko’rsatilgan. “Muzakkir alasxob” asarining muallifi Muhammad Badi’ Malixoning (XVII asr boshlari) aytishicha, Samarqandda zardo’zlar mahallasi bo’lgan.
Shunday qilib, Gorkiy so’zlari bilan aytganda san’atning asoschilari kulollar, temirchilar, zargarlar, to’quvchilar, g’isht teruvchilar, duradgorlar, o’ymakorlar, qurol yasovchilar bo’lganlar.
Davlat poytaxtiga savdogarlar, shuningdek, qo’shni qishloqlarning dehqonlari tez-tez kelib turar edilar. Dehqonlar bu yerga qishloq xo’jalik mahsulotlari olib kelar va o’zlariga kerakli hunarmandchilik buyumlarini xarid qilishar edi. Bu yerda asosan buzorlar yoki ularga yonma-yon bo’lgan territoriyada joylashgan ustaxonalarda ishlovchi ko’pgina hunarmandlar bor edi, pazandachilil ham ancha rivoj topgan edi.
Samarqand hujjatlarida bu yerda qovurilgan no’xat sotadigan do’konchalar, nonvoyxonalar, somsa do’konlari va maxsus do’konchalar borligi hamda kallapazlarning qo’y kallasini pishirib sotganligi eslatib o’tiladi. Xolvagar ustalar holva va turli shirinliklar tayyorlashardi, shu yerda, bozorning o’zida go’sht do’konlarinig asosiy qismi joylashgan edi, oshpazlar esa yassiq ovqatlar tayyorlashardi.
Klavixoning ta’kidlab o’tishicha, shaharda o’tkazilgan tantanalarda hunarmandlar bilan bir qatorda oshpazlar, qassoblar va nonvoylar ham majburiy ravishda qatnashardilar. Uning so’zicha, shaharda ko’pgina maydonlar bo’lib, bu joylarda “qovurilgan, pishirilgan, dimlangan go’sht, juda ozoda qilib pishirilgan tovuq va boshqa parranda go’shtlari sotiladi, shuningdek, har xil nonlar va turli-tuman mevalar sotib olish mumkin ediki, bularning hammasi juda pokiza edi”.
Vaqf hujjatlariga ko’ra, madrasada xizmat qiluvchi shaxslar orasida odatda vaqf xo’jalik boshqaruvchilari pul yoki don bilan (“yoxud har ikkalasidan muayyan miqdorda”) haq to’lash evaziga yollagan oshpazlar ham bo’lar edi.
XIV asr oxiri va XV asrlarda Samarqandning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarining kuchayish natijasida boshqa mamlakatlardan mol va hunatmandchilik mahsulotlari tashib keltirish ancha ko’paydi. Ajnabiy ustalarning qimmatbaho buyumlarini asosan, ekspluatator sinf namoyandalari olishardi. Bunday mollar Samarqand bozorlaridagi mollarning ozgina qismini tashkil qilardi. Biroq chet ellardan keltirilgan mollar va hunarmandchilik mahsulotlarinign bir qismi aholining keng tabaqalari uchun mo’ljallangan edi. Masalan, keltirilgan bo’yoqlar, xom terilar, mo’ynalar, mum va boshqa buyumlar hunarmandlarga material bo’lib xizmat qilardi. Badavlat shaharliklar ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallab O’rta Osiyo shaharlariga gazmollar va uy-ro’zg’or buyumlarining ba’zi bir turlari keltirilardi. Chet eldan keltirilgan mollar mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulot miqdoridan ancha kam bo’lgan bo’lsa kerak. Biroq, shunga qaramay, chet eldan keltirilgan mollarning xilma-xil nomlari o’sha asrlarda yozilgan ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan.
Xalqaro savdo markazi bo’lgan Temuriylar imperiyasning poytaxti – Samarqandga ipak gazmollar tashib keltirilardi. O’sha davrdagi tarixchilarning so’zlariga qaraganda Samarqandda Hindiston, Rossiya, Tatariston, Xitoy va boshqa joylardan keltirilgan turli mollar, shuningdek, Samarqand podsholigining o’zida ishlab chiqarilgan mollar har yili sotilardi. Samarqand podsholigi bunday mollarga “juda boy edi”. XV asrda yashagan tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy farang gazmollari vac het el mollarini eslatib o’tadi. Boshqa mualliflar “sakarlot” movuti to’g’risida, xitoy chinnisi, hind quroli, cherkas pichoqlari haqida yozadi. Zayniddin Vosifiy o’z asarida “farang pichog’i” bilan temir panjarani kesganligini eslaydi.
Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Temuriylardan Abu Said saltanati davrida tantanali marosimlar o’tkazib turilgan. Bu marosimlarda samarqandlik hunarmandlar majburiy ravishda xitoy kimxoblari va farang gazmollaridan turli-tuman kiyimlar tikishgan.
Yupqa, oq gazmol, nil, ziravorlar va xushhidli narsalar Samarqandga Hindistondan, surup va marvarid Erondan, mum, qimmatbaho mo’yna va terilar Rusiya, Volga bo’yi va Sibirdan keltirilgan.
Samarqanddan chet mamlakatlarga olib borib sotiladigan narsalar orasida to’qimachilik buyumlari, asosan, arzon ip gazlamalar salmoqli o’rin egallardi. Shuningdek, duxoba, qimmatbaho shoyi gazmol, qog’oz, meva, guruch, paxta ham tashqi bozorga chiqarilardi.
Talonchilik harbiy yurishlar vaqtida katta boylik orttirgan Temur o’z poytaxtini yanada vaqtida katta boylik orttirgan Temur o’z poytaxtini yanada ko’kka ko’tarish va bezatish uchun, yangi savdo muassasalari qurish uchun ko’plab mablag’ sarflardi. U “savdogarlar tufayli dunyo obod bo’lgan” deb hisoblar va dunyoning ko’pgina mamlakatlari, shu jumladan, Ispaniya, Fransiya, Angliya bilan erkin savdo munosabatlarini olib borishga harakat qilardi.
Uning farmoni bilan yo’llar obodonlashtirildi, saltanat poytaxtida gumbazli binolar, karvon saroylar, mol saqlanadigan omborlar qurildi. Klavixo Samarqandda hamma narsani tartib bilan sotishga katta joy bo’lmagani uchun Temur shahar o’rtasidan ko’cha o’tkazib, uning ikki oyiga rastalar qurishni buyurgani, bu ishning juda tezda amalga oshirilganligi haqida gapiradi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi tufayli Samarqandda bozorlar ko’paydi, ayrim xildagi buyumlar bilan savdo qiladigan rastalar paydo bo’ldi. Bozorlarning har birida asosan bir xildagi mollar sotilar edi, bozor esa sotiladigan mollarning nomi bilan atalardi.
Shaharda ixtisoslashgan savdo binolari – timlar, do’konlar, hunarmandchilik ustaxonalari ko’p bo’lib, ularning nomlariga ko’ra, bu yerda hunarmandchilik mahsulotlarining muayyan turlari tayyorlanar va sotilar edi.
Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda Samarqandning hunarmand aholisi boshqa mamlakatlardan olib kelingan ustalar hisobiga ko’payib bordi. Temur shaharlarni zabt etgan vaqtda o’zi bilan birga mahalliy ustalarni ham olib kelar va ularni O’rta Osiyo shaharlari hamda qishloqlarida, asosan, Samarqnadda joylashtirar edi. Sharafuddin Ali Yazdining fikricha, Temur barcha rassomlar va hunarmandlarni Samarqandga olib kelishni buyurgan. “U ayniqsa turli kasbdagi ustalarni to’plashga harakt qilardi”, – deb yozgan edi Klavixo. A.Yu.Yakubovskiyning yozishicha, “Samarqnadning ishlab chiqarish bazasini kuchaytirish maqsadida Temur Oltin O’rda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Karmana, Messopotamiya va boshqa o’lkalardan hunarmandlarni majburiy suratda ko’chirib keltirgan edi”. Podshoning maxsus xizmatkorlari ustalardan birontasi o’z vataniga qochib ketmasligi uchun ularni nazorat qilib turishardi. Amudaryoning o’ng sohilidan chap sohiliga maxsus ruxsatnomasi bo’lgan odamlargina o’tkazilar edi.
O’sha davrning tarixchilari Samarqand hunarmandlarining milliy sostavi turlicha bo’lganligini ta’kidlaydi. Ibn Arabshoh 1396 yilda shaharda bo’lgan tantanalarni tasvirlab, jahondagi barcha mamlakatlarning hunarmandlari turli kiyimlarda o’z mamlakatlarining urf-odatiga ko’ra o’z kasblari bo’yicha noyob bezaklar ishlashganligini, har xil matolardan bayram kiyimlari tikishganligini aytadi.
Samarqand hunarmandlari shahar ekonomikasida muhim rol o’ynabgina qolmasdan, balki madaniy hayotda ham faol qatnashganlar. Bu esa madaniyatning yanada ravnaq topishiga samarali ta’sir ko’rsatgan. F.Engelsning o’rta asr Yevropasi xususida aytgan quyidagi so’zlari bu jihatdan xarakterlidir: “…Shahar aholisi sinf bo’lib qoldi, bu sinf ishlab chiqarish va savdo munosabatlari, maorif, ijtimoiy va siyosiy muassalarni yanada rivojlantirishning jon-tani bo’ldi”.
Hunarmandlar O’rta Osiyo shahrining madaniy tabaqasini tashkil etuvchi kishilar guruhiga kirar edi. XV-XVI asrlardagi shoirlar, muzikachilar, tarixchilarning bir qismi badavlat hunarmandlar va mayda savdogarlar orasidan yetishib chiqqan edi. Samarqandlik shoirlar – sovungarlar rastasining oqsoqoli Javhoriy, tikuvchi Mavlono Havofiy, shuningdek, shoirlar Mavlono Mir Arg’un Hamado’z (chodirdo’z), Mavlono Kobuliy G’azalfurush (kalavafurush), Mavlono Kamrdo’z (tasmado’z) va Bisotiy Samarqandiy (bo’yra to’quvchi usta) shular jumlasidandir.
XV asr tarixchilarning ma’lumotiga ko’ra, Samarqandning shimoli-sharqida joylashgan Konigil hokimlarning sayilgohi bo’lgan. Bu yerda katta tantanalar, bazmlar o’tkazilgan. Samarqanddan Konigilgacha bo’lgan yo’l bo’yida, Konigilning o’zida ham do’konlar, rastalar, ayvonlar qurilgan bo’lib, bularda hunarmandlarning xilma-xil buyumlari va savdogarlarning mollari qo’yilar edi.
O’sha davrda bu manzarani o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilarning ma’lumotiga ko’ra, hatto bayram tantanalarini o’tkazgan vaqtda savdogarlar va hunarmandlar hokimlarning amri bilan sayilgoh joyiga borganlarida ham “har bir kasbga oid buyumlar alohida ko’chaga joylashtirilgan edi”, ya’ni hatto do’konlar va hunarmandchilik ustaxonalari biron joyga vaqincha ko’chirilganida ham, ular o’z ishlab chiqarish belgilariga qarab joylashtirilar edi.
Har bir soha ustalari bir xil kasbdagi hunarmandlar rastasiga qarardilar. U barcha hunarmandlar va barcha kasb egalarini qamrab olmagan bo’lsa kerak. Lekin XV asr tarixchilarining ma’lumotiga qaraganda, yetakchi ishlab chiqarish sohalaridagi ustalarning ayrim tsexlarga birlashganliklari xarakterli voqeadir.
Garchi shahar va qishloq xo’jalik hayoti uchun zarur bo’lgan barcha narsalar hunarmandlarning kundalik mehnati bilan yaratilganiga, chinakam san’at asarlari hisoblangan va ayrim nusxalari hozirgi vaqtda ham mamlakatimiz vac het el muzeylarida saqlanayotgan badiiy buyumlar xalq ustalarining qo’li bilan barpo etilganiga qaramay, “Temur tuzuklari”dan ko’rinib turganidek, Temur hukmronlik qilgan davrdagi qonunlarga binoan, hunarmandlar o’n ikki tabaqaga bo’lingan mamlakat aholisining o’n birinchi tabaqasiga mansub bo’lgan xolos.
Bu davrda hunarmandlarning o’zlari ijtimoiy jihatdan butun bir tabaqani tashkil etmay, mulkiy va huquqiy jihatdan bir-birlaridan ajralib turardi.
Ishlab chiqarishning ba’zi bir sohalarida ustalarning rahbarligi ostida yordamchi ishchilar ham ishlashardi. Qog’oz ishlab chiqaradigan ustaxonalar va boshqa shunga o’xshash korxonalarda ish og’ir bo’lib, yordamchi ishchila talab qilinar edi. Boshqa sohalarda usta faqat shogirdning mehnatidan foydalanardi. Klavixo Samarqand yaqinida o’tkazilgan tantanalarda hunarmandlarning ishtirok etishini tasvirlab, savdogarlar va hunarmandlar ixtiyorida yordamchi ishchilar borligini qayd qiladi. “Hamma savdogarlar, – deb yozadi u, – o’z mollari va ishchilari bilan shahardan chiqishib, O’rdada har bir kasb egalari uchun ayrim ajratilgan ko’chada joylashib oldilar”. Zahiriddin Bobir XVI asrda yollanma asosda ishlovchi yordamchi ishchilar bo’lganligini ta’kidlab o’tgan. Ko’pgina hunarmandchilik ustaxonalarida muzdur deb atalavurchi yordamchi ishchilar yollanma asosda ishlashga faqat vaqtincha jalb qilingan bo’lsa kerak. K.Marks o’rta asr shahrini xarakterlab, “shaharlarning kunbay asosida ishlashga bo’lgan muhtojligi oddiy kishilarni vujudga keltirdi” degan edi. Bu qoida o’rta asr Samarqandi uchun ham xarakterli deb hisoblash mumkin.
Shuningdek, hunarmand qullar ham bor edi. Ularni urushlardagina qo’lga tushirib qolmay, balki bozorda ham sotib olardilar. XV-XVI asrlarda qul savdosi hujjatlardagi ma’lumotlarda aks etgan. Biroq hunarmand qullarning soni erkin hunarmand aholi ommasiga nisbatan juda oz edi. O’sha davrda qullar mehnati hunarmandchilik ishlab chiqarishida jiddiy rol o’ynamas edi.
Hunarmandlar tabaqasi usta qo’lida shogirdlik ta’limni o’tagan shogirdlar hisobiga (asosan bolalar va hunarmandlarning qarindosh-urug’lari hisobiga) to’lib bordi. Shogirdlarga hunar o’rgatilibgina qolmasdan, balki ulardan ishlab chiqarish ustaxonasi va uy xo’jaligida yordamchi ishchi kuchi sifatida ham foydalanilardi. Maslakali ustaga har qanday kishi ham shogird bo’la olmas edi. Badavlat kishilarning bolalarigina o’sha davrnign taniqli xatot va rassomlariga shogird bo’lishlari mumkin edi. Malakali zargarlar, ganchga, toshga o’yib gul soluvchi naqqoshlar va boshqa hunarmandlarga shogird tushish ishi ana shu ahvolda bo’lgan bo’lsa kerak. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning o’sa borishi mehnat unumdorligining oshishiga ta’sir ko’rsatdi, shaharlar chegarasini yanada kengaytirishga olib keldi, shahar hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lgan Samarqand atrofida yashovchi aholini shahardagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga jalb eta bordi. Bularning hammasi savdo do’konlari, hunarmandchilik ustaxonalari qurishni kuchaytirish va ko’paytirishga, yangi bozorlar, savdo rastalari va karvon saroylarning paydo bo’lishiga olib keldi. Lekin ishlab chiqarishning ixtisoslashish jarayoni hunarmandchilik buyumlariga bo’lgan talabning orta borishi oqibatida, shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi natijasida ro’y berdi. Biroq hunarmandchilik ishlab chiqarishning kengayish va o’sish jarayoni butun XV asr mobaynida bir tekisda borgan emas va hunarmandchilikning barcha sohalari bir xilda o’z ichiga qamrab ola olmagan. Bu esa umumtarixiy shart-sharoitlarga bog’liq edi.