“Hurriyat”
“Hurriyat” — ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yo’nalishdagi mustaqil gazeta. 1997 yil yanvardan Toshkent shahrida haftada 1 marta chop etiladi. Muassisi: O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gazetaning “jurnalist tekshiruvi”, “tekshiruv”, “himoya”, “huquq”, “Fikr”, “Mulohaza”, “munosabat”, “Javob”, “tafakkur”, “ma’rifat” kabi ruknlarida eng sara va o’qishli maqolalar berib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda V.Alimasov, Z.Isomiddinov, X.Do’stmuhammad, O’.Hayitov; huquqiy mavzuda H.Olimjonov, A.Jonuzoqov; ma’naviy-ma’rifiy mavzuda O.Jo’raboev, N.Hasanov, I.Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Adadi 5000 nusxa (2005).