IBAGE
IBAGE — Kolumbiyaning Markaziy qismidagi shahar. Markaziy Kordilera tog’larining Sharqiy yon bag’rida. Tolima departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 347 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Temir yo’l va avtomobil yo’li orqali Xirardotdagi aeroport va Bogota shahri bilan bog’langan. Kofe, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Oziq- ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilikda teridan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Shaharga 1550 yilda asos solingan.