IBN BAVVOB
IBN BAVVOB, Abu l Hasan alavuddin Ali ibn Hilol (?— 1022) — xattot, olim, husnixat nazariyotchisi. “Qasidai roiya” (“roiya qasidasi”, 22 baytdan iborat) risolasida xat qoidalari va xattotlik san’ati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Ibn Bavvob ta’limotiga ko’ra, husnixat inson ijodining samarasi bo’lib, u tasviriy san’at qatoriga kiradi. 15-asrda yashagan Arab xattoti Muhammad ibn Hasan at-tibiy o’zining kotiblar haqidagi “jome’i mahosini kitobat il-kuttob” (“kotiblarning husnixat to’plami”) asarida yozishicha, Ibn Bavvob Ibn Muqladan keyin xatning 16 turini (jumladan, suls xatining yozuv asoslari va boshqalarni) ixtiro qilgan va takomillashtirgan. U ixtiro qilgan Arab harfini nuqta bilan o’lchash qoidalari undan keyingi xat nazariyotchilari, xattotlar uchun asosiy qo’llanma bo’lgan. Ad.: M rodov A., O’rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan, T., 1971.