IBN MISKAVAYH ABU ALI IBN MUHAMMAD

IBN MISKAVAYH ABU ALI IBN MUHAMMAD (? — 1030) — arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib. Umumjahon tarixiga oid “kitob tajorib al-umam” (“Xalqlar tajribalari Kitobi”) nomli asar yozgan. Unda jahon xalqlari, jumladan arablarning 10-asr 80-yillariga qadar tarixi bayon qilingan bo’lib, asarning so’nggi qismida Arab xalifaligining 10-asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ilmi axloq va hikmatga doir “kitob at-tahora” (“tahorat kitobi”), “Tahziyb al-axloq” (“axloqni tuzatish”) nomli asarlar ham Ibn Miskavayn kalamiga mansub. U Arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar to’plamini ham tuzgan. Ibn Miskavayn asarlari ta’sirida Islom dunyosida o’nlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning “Axloqi nasriy”) yozilgan.