IBN RUSHD ABDULVALID MUHAMMAD
IBN RUSHD ABDULVALID MUHAMMAD (lotincha Averroes) (1126, Kordova — 1198.12. 12, Marokash) — Arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy xakimi bo’lgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. G’azoliy ta’limotiga qarshi “Tahofut ut-Tahofut” (“Raddiyatni rad etish”) asari bilan falsafada muayyan o’rin tutadi. Ibn Rushd moddiy dunyo abadiy, uning boshi ham yo’q, oxiri ham bo’lmaydi, degan. Pekin, uningcha, moddiy dunyo fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan Ibn Rushd uning olamdan oldin bo’lganligiga ishonmagan va Xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh o’lmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. Ibn Rushd ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qaramaqarshi qo’ydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. Ibn Rushd kishi oliy kamolotga zikru sano orqali emas, balki ilmiy- falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. O’z davrining ilg’or kishisi bo’lgan Ibn Rushd adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik g’oyalarini targ’ib qildi. Ibn Rushd g’oyalari o’rta asr falsafasiga kata ta’sir ko’rsatdi. Ibn Rushd 7 jildli qomusiy tibbiy asar “kitob al-kulliyot” ( tibbiyot bo’yicha umumiy qo’llanma ) muallifidir.