IBROHIMOVA RIXSIXON ISMOILOVNA
IBROHIMOVA RIXSIXON ISMOILOVNA (1937.29.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1959). 1956 yildan Hamza teatri (hozirgi O’zbekiston milliy akademik drama teatri) da. Ibrohimova lirik-dramatik aktrisa bo’lib, yaratgan obrazlari kuchli drama- tizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feruza, Gavharshodbegim (“Mirzo Ulug’bek”), Guli (“Alisher Navoiy”), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya (“Hamlet”, “Qirol Lir”, “Otello”), Ozoda, Gulyuz (“Imon”, “Qotil”), Hemnolini (“Gang daryosining qizi”), Nazmi (“kuyov”), Yorqinoy (“Momo xotin”), Bibisalima (“Mashrab”), huri aya (“boshi qotgan oshiqlar”) va boshqalar. Shuningdek, bir qator videofilmlarda — fazilat (“diyonat”), ona (“dunyoning ishlari”, “Alisher Navoiy”); kinoda — Oyxon (“integral”), Toshbonu (“Shumbola”), Rixsi aya (“seni izlab”), Xosiyat (“Farishtalar olov ichida”), Bo’ston (“Kelinlar qo’zg’oloni”), kampir (“Yuzsiz”), Qurbonbibi (“kecha va kunduz”) kabi obrazlarni yaratgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1997).