ICHKI XO’JALIK HISOBI

ICHKI XO’JALIK HISOBI – muay-Yan bir korxona yoki tashkilotda xo’jalik yuritish usuli; uning boshqa xo’jalik sub’ektlari b-n bo’ladigan mu- no-sabatlari majmuini muvofiklash- tirish, boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Bozor sharoitida I.x.h. maqsad va mohiyat jihatdan tijorat hisobi sifatida namoyon bo’ladi hamda korxona (tashkilot)ning boshqa xo’jalik sub’ektlari oldidagi majburiyatlarini amalga oshirish nuqtai nazardan ishlab chiqiladi. I.x.h. korxona (tashkilot) xo’jalik hisobinpt tarkibiy va ajralmas qismi bo’lib, muayyan xo’jalik yuritish sub’- ektiga qarashli ichki bo’linmalar Qar birining faoliyat yo’nalishlari va ularning o’zaro munosabatlariga asosla- nadi. Har bir ichki bo’linmaning ixti- soslashuviga muvofiq mahsulot i.ch. yoki ish bajarish (xizmat ko’rsatish) yuzasi- dan mikdoriy topshiriq, uni bajarish uchun lozim bo’lgan xarajat tarkiblari, moddiy manfaatdorlik tizimi va b. te- gishli ko’rsatkichlar bo’yicha me’yorlar I.x.h.da o’z aksini topadi. I.x.h. da nis- batan erishilgan yakuniy natijalar ichki bo’linma jamoalari a’zolarini moddiy rag’batlantirishga asos ilib olinadi. Bozor sharoitida I.x.h., ya’ni tijorat hiso-bining asosiy tamoyillari sifa- tida ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ni mustaqil tashkil qilish, o’zini o’zi boshqarish va moliyaviy qoplash, har bir a’zoni o’z mulkiy ulushi miqdorida moddiy javobgarlikka tortish, moddiy rag’batlantirish va b. tamoyilar kuchli amal qiladi. Qurbon Choriev.