ICHKI YONUV DVIGATELI
ICHKI YONUV DVIGATELI – yonilg’ining kimyoviy energiyasini mexa- nik ishga aylantirib beradigan porshen- li issiqlik dvigateli. Gaz b-n ishlay- digan birinchi yarokli I.yo.D.ni frantsuz mexanigi E. Lenuar (1860) loyihalagan; 1876 y.da nemis kashfiyotchisi N. Otto ancha mukammal 4 taktli I.yo.D. yasagan. Rossiyada 1880-y.larda o. S. Kostovich benzin b-n ishlaydigan karbyurator- li dvigatel yasadi. R. Dizel 1897 y.da yonilg’ini siqilgan havo Alan-Galata- digan I.yo.D. (dizel)nn taklif qildi. AKD1 da I.yo.D. o’rnatilgan birinchi traktor 1901 y.da ishlab chiqildi; aka- uka o. va u. Raitlar I.yo.D. o’rna-tilgan dastlabki samolyotni yasashdi; bunday samolyotlar 1903 y.da ucha boshladi. Shu yili rus muxandislari I.yo.D.ni “Van – ploxodni yaratishdi. 1924 y.da Rossiyada Ya. M. Gakkel loyihasi bo’yicha birinchi teplovoz qurildi. 1957 y.da rotorpor- Shenli Vankel dvigateli yaratildi. Hozirgi paytda I. yo.D. AV-tomobillar, q.x. va yo’l qurilishi ma-shinalarida, o’ziyurar harbiy texnikada, Motosikllar va b.da keng ishlatilmoqda. Yonilg’i turiga qarab, I.yo.D. suyuq va gazmison yonilg’ida ishlaydigan, tsilin- drning yangi yonuvchi aralashma b-n to’lish usuliga ko’ra, 4 taktli va 2 taktli, yonilg’i va havodan yonuvchi aralashma tayyorlash usuliga karab, aralashma tsilindrdan tashqarida va tsilindr ichida tayyorlana- digan xillarga bulinadi. Yonuvchi aralashma tsilindrdan tashqarida, ya’ni karbyuratorda tayyorla- nadigan I.yo.D. karbyuratorli dvigatel, tsilindr ichida tayyorlanadigani dizel deb ataladi. Karbyuratorli I.yo.D.da ish aralashmasi sham (svecha) elektrodlari orasida hosil bo’ladigan elektr uchquni b-n, dizellarda esa tsilindrda siqib qizdirilgan havoga yonilg’i purkash yo’li b-n o’t oldiriladi. I.yo.D. 1, 2, 4, 6 va h. k. tsilindrli bo’ladi. Bir tsilindrli, 4 taktli, kar- byuratori I. yo.D. quyidagicha ishlaydi (rasm): kirititish taktida (A) havo to- zalagich / orqali havo o’tib, karbyurator 2 da u yonilg’iga aralashadi va yonuvchi ara- lashma hosil qiladi; bu aralashma kiri- tish klapani 3 orqali tsilindr 6 ga kira- Di, qisish takti (£)da yonuvchi aralashma 0,8—2 MPa gacha siqiladi, 200-400 gacha qiziydi. Porshen 10 yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.)ga 20-40° (tirsakli valning ay- lanish burchagi) etmasdan aralashma sham 4 dan o’t oladi. Porshen yu.ch.n.ga etgach, aralashma tekis yona boshlaydi. Gazlar bosimi 3-6 MPa ga, t-rasi esa 2200° gacha etadi. Kengayish (ish) takdi (V)da porshen gaz bosimi ta’sirida pastga harakatlanib, shatun 7 vositasida tir- sakli val 8 ni aylantiradi. Gaz bosimi 0,3—0,4 MPa, t-rasi esa 900-1200° gacha pasayadi. Chiqarish takti (g) da chiqarish klapani 5 porshen pastki chekka nuqta (p.ch.n.)ga 30-60° etmasdan ochila bosh- lab, yu.ch.n.dan 10-28° o’tgandan keyin yopiladi. Demak, I.yo.D.ning bir ish TSI- klida tirsakli val ikki marta aylana- Di, shundan yarim aylanish gazlarning porshenga ta’siri hisobiga, qolgan bir yarim aylanish zalvar massa (maxovik) 9 ning inersiya kuchi hisobiga yuz beradi. Tsilindrlar soni qancha ko’p bo’lsa, I.yo.D. shuncha tekis ishlaydi, tirsakli val ham shuncha ravon aylanadi. To’rt taktli DVI- gatelda ish tsikli porshenning to’rt yo’li (tak-ti)da, ikki taktli dvigateley esa ikki yo’lida bajaradi. Karbyuratorli I.yo.D.ning ish tsik- li paytida val katta (3000-7000 ayl/ min) tezlikda aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va motosikllarida val 15000 ayl/min va bundan ham tez aylana- Di. To’rt taktli karbyuratorli I.yo.D. 600 kVt (800 o.k.). Porshenli aviasiya dviga- tellari 1100 kVt (1500 o.k.) gacha quvvat hosil qiladi. I.yo.D.ni takomillashtirishda quvva- tini borgan sari oshira borish, Avto- mobillarda karbyuratorli dvigatellar o’rniga dizellarni ko’proq qo’llash, har xil yonilg’i b-n ishlaydigan dvigatellar yaratish va b. tadbirlarni amalga oshi- rishga harakat qilinmoqda. Ad.: Pospelov D.R., Dvigateli VNU- trennego sgoraniya s vozdushnim oxlaj- deniem, 2 izd., M., 1971; Hamidov A., T28X4M, T284MS, T28X4M-S1 traktor- lari, T., 1981.