IDEAL

IDEAL (yun. idea – timsol, g’oya, tushuncha) — biror narsa, voqea va hodisaning oliy namunasi, kamoloti; ayrim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy maqsad. Ijtimoiy-siyosiy Ideal – mukammal ijtimoiy tuzum; Ideal muayyan tarixiy sharoitda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq holda shakllanadi. Idealning amalga oshishi yoki oshmasligi uning voqelik bilan bog’liqligiga, taraqqiyotni qanchalik to’liq va to’g’ri in‘ikos ettirishga bog’liq. Har bir millat go’zallik haqida o’z milliy Idealiga ega, chunki ishlab chiqarish usuli, yashash sharoiti, geografik muxit, psihologiyasi turlichadir.