IEROGLIFLAR
IEROGLIFLAR (Yunoncha hieros — muqaddas va qluphe — o’yiq) — bir so’z, bo’g’in yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. Ierogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari bo’lib, miloddan avvalgi 4-ming yillik oxirida qo’llangan. Hozirgi 5 mingga yaqin Misr ieroglifi ma’lum. Misr Ierogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular Misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun so’zni ifodalash uchun ideogrammalar; 4) determinatlar — so’z ma’nosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilmaydigan) ideografik belgilar. Ierogliflar termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi (miloddan avvalgi 2 minginchi yillar) va hozirgi Xitoy yozuvi, xat yozuvining (miloddan avvalgi 2—1-ming yillar) turli tasviriy (mixxat bo’lmagan) belgilari va boshqalarga nisbatan qo’llaniladi.