IEZUITLAR

IEZUITLAR (lot. «Societas Jesu» – «Iso jamiyati») — katoliklar monaxlik ordeni a‘zolari. Bu jamiyatni 1534-yilda-mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 1540-yil papa Pavel III tomonidan tasdiqlangan. U o’z oldiga katolitsizmni himoya qilish va yoyish, papalik hokimiyatini mustahkamlash vazifasini qo’ydi, kontr-reformatsiyaning asosiy quroli bo’lib qoldi. Iezuitlar faqat Yevropa davlatlarida emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. Iezuitlar ordenining asosiy tamoyillari: qat‘iy markazlashish, mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga so’zsiz bo’ysunishi, orden boshlig’ining mutlaq nufuzi. Iezuitlar har qanday jinoyatni, agar u xudo yo’lida qilingan bo’lsa, oqlaydi. XX asrda Iezuitlar klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi.