IJTIMOIY HAMKORLIK

IJTIMOIY HAMKORLIK — turli millat, irq va dinga, ijtimoiy toifaga mansub kishilar hamda guruhlarning umumiy maqsad yo’lida birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi, ularning o’zaro hamjihatligini ifoda etadigan tushuncha. Ijtimoiy himoya jamiyatda tinchlik va barqarorlik, yuksak taraqqiyotni ta‘minlashning muhim omilidir. Ijtimoiy himoya bo’lmagan jamiyatda boshboshdoqlik, turli millat va elat vakillari o’rtasida ishonchsizlik ortib, qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayishi, bu esa, oxir-oqibatda, og’ir inqirozga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy himoya g’oyasini amalga oshirish yo’lida g’ov bo’ladigan eng xatarli to’siqlar aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik, mahalliychilik, tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir.