Ikki hadli tenglama

Ikki hadli tenglama – x”- a=0 ko’rinishidagi tenglama (bunda x — har qanday kompleks son, p — natural son). Kompleks sonlar maydonida p ta yechimga (ildizga) ega bo’lib, ular kompleks sonlar tekisligida markazi koordinatalar boshida va radiusi a ning modulidan olingan p – darajali arifmetik ildizga teng bo’lgan aylanaga joylashadi. x”-1=0 ko’rinishidagi Ikki hadli tenglama doirani (aylanani) bo’lish tenglamasi deyiladi, chunki doirani (aylanani) p ta bo’lakka bo’lish bu tenglamani yechish bilan ekvivalentdir. ax”+foc”=0 ko’rinishidagi tenglama ham Ikki hadli tenglama deb ataladi (t, p — natural sonlar).